1

Prezident: «Jrnalist va blogerlar o`zimizga munosib masalalarni yoritishda qo`rqmasligi kerak»

Siyosat 06.11.2020, 21:45
Prezident: «Jrnalist va blogerlar o`zimizga munosib masalalarni yoritishda qo`rqmasligi kerak»

 Prezident jurnalist va blogerlar faoliyati haqida:

«Ular o`zimizga munosib masalalarni yoritishda qo`rqmasligi kerak»

Shavkat Mirziyoev sog`liqni saqlash masalalariga bag`ishlab o`tkazilayotgan yig`ilishda jurnalist va blogerlar faoliyati haqida ham gapirdi:

«Men tizimdagi muammolarni ko`tarib chiqayotgan, yoritib berayotgan jurnalist va blogerlardan xursandman. Aynan ular ko`plab muammo va qilinayotgan ishlarni yoritib berishmoqda.

Albatta, bu masalalar oddiy tilda aytganda evi, tasdig`i bilan bo`lishi kerak. Ular odatda ko`p masalalarni o`zi o`qigan, ya`ni rivojlangan davlatlar bilan solishtirishadi. Lekin ular shuni ham tushunishlari kerakki, bizda ochiqlik siyosatiga endi 3 yil bo`ldi. Jurnalist va blogerlar solishtirayotgan davlatlarning erkinligiga esa 300 yil bo`lgan.

Biz, albatta, shu davrlarga ham etamiz. Ular o`zimizga munosib masalalarni yoritishda qo`rqmasligi kerak».

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1