AsosiySiyosat

Qoraqalpog`istonda birdaniga uchta hokim o`zgardi

'Qoraqalpog`istonda birdaniga uchta hokim o`zgardi'ning rasmi

Nukus shahriga Panaev Utemurat vaqtinchalik hokim vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.Bu haqda O`zA xabar berdi.

U.Panaev shu vaqtga qadar «Titan sement» MChJ O`zbekiston – Xitoy qo`shma korxonasi bosh direktori, Nukus shahri «Titan DSZ» MChJ raisi lavozimlarida ishlab kelgan.

Qorao`zak tumaniga Utambetov Uzaqbergen hokim etib tayinlandi.

U.Utambetov avval Qoraqalpog`iston Respublikasi o`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Chimboy tumaniga esa Tajetdinov Aybek hokim etib tayinlandi.

U bungacha Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar