1

“Visit Uzbekistan” jurnalining Buxoroga bag`ishlangan maxsus soni taqdimot qilindi

Madaniyat 07.11.2020, 21:00
“Visit Uzbekistan” jurnalining Buxoroga bag`ishlangan maxsus soni taqdimot qilindi

Bugun, 7 noyabr kuni “Minorai Kalon” mehmonxonasida “Visit Uzbekistan” jurnalining Buxoro haqidagi maxsus soni taqdimoti bo`lib o`tdi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Taqdimot Dinara & Co nashriyoti tashabbusi bilan o`tkazildi. Unda xalqaro tashkilotlar, mehmonxona sohasi vakillari, ekspertlar va biznes olami egalari ishtirok etdi. 

Mazkur jurnal taqdimoti shu kungacha Singapur, London, Dehli kabi dunyoning sakkiz mamlakatida tashkil etilgan. 2020 yilda jurnalning mamlakatimiz hududlari haqida maxsus sonlari yaratildi. Noyabr oyida noshir, amerikalik yozuvchi Megan Ivs tahririyat muharriri va xalqaro rivojlanish bo`yicha maslahatchisi sifatida jurnalga ishga taklif qilindi. Buxoroga bag`ishlangan son ham aynan Megan ishtirokida chop etildi. 

Ma`lumot uchun, Megan Ivs bungacha “Lonely Planet” jurnalida muharrir bo`lib ishlagan. Shuningdek, uning CNN, BBC uchun yaratgan dasturlari “Independent Culture Trip” da namoyish etiladi. Katta tajribaga ega sayoh-yozuvchi sifatida u 60 ta kitob chop etilishida o`z hissasini qo`shgan va jahon miqyosidagi sayyohlik va turizm mutaxassisi sifatida e`tirof etiladi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1