1

O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Afg`oniston Milliy yarashuv Oliy kengashi rahbari bilan uchrashdi

Siyosat 11.11.2020, 12:44
O`zbekiston tashqi ishlar vaziri Afg`oniston Milliy yarashuv Oliy kengashi rahbari bilan uchrashdi

2020 yilning 11 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilovning Afg`oniston Islom Respublikasi Oliy milliy yarashuv kengashi raisi Abdulla Abdulla bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Tashqi ishlar vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, Suhbat chog`ida turli sohalardagi ko`p qirrali O`zbekiston-Afg`oniston munosabatlari holati va ularni yanada faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Afg`onistonda mustahkam tinchlik o`rnatish hamda mintaqaviy xavfsizlikni ta`minlashning muhim jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Transport, logistika, energetika, savdo va ta`lim sohalarida investisiya va infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirish orqali ikki mamlakat o`rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga alohida e`tibor qaratildi.

Afg`onistonda tez orada tinchlik va barqarorlikka erishish uchun mazkur mamlakatni Markaziy Osiyodagi integrasiya jarayonlariga jalb qilishni jadallashtirishning muhimligi qayd etildi.

Muzokaralarda ikki tomon kun tartibining o`zaro manfaatli boshqa masalalari ham ko`rib chiqildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1