Pensiya jamg`armasi Matbuot xizmatining ma`lumot berishicha, tayinlangan pensiyani to`lash quyidagi hollarda to`xtatib turiladi:
► pensiya to`lash muddati tamom bo`lganda; ketma-ket uch oydan ortiq vaqt mobaynida pensiya olinmaganda (vaqtincha uyda yo`qligi yoki boshqa sabab tufayli);
► pensioner ozodlikdan mahrum etilganda (manzil-koloniyalarda jazoni o`tayotgan shaxslar bundan mustasno);
► pensioner ruhiy holati buzilgan shaxslar uchun internat uylarida yashaganda;
► pensiyani to`lashni to`xtatib turish to`g`risida pensioner tomonidan ariza berilganda;
► surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib yurgan, jinoiy jazoni o`tashdan bo`yin tovlayotgan shaxslarni qidirishga e`lon berilganda, bedarak yo`qolganda;
► ishonchnoma bergan shaxs unga tayinlangan pensiyaga huquqini tasdiqlash uchun belgilangan muddatda kelmaganda.