AsosiyJamiyat

Hakamni kaltaklagan alamzada futbol muxlislarining barchasi qo`lga olindi

'Hakamni kaltaklagan alamzada futbol muxlislarining barchasi qo`lga olindi'ning rasmi

Futbol bo`yicha O`zbekiston chempionatining nufuzi jihatdan ikkinchi ligasi — Pro liganing hal qiluvchi Superliga yo`llanmasini beruvchi so`nggi tur uchrashuvida Farg`onaning «Neftchi» klubi o`z uyida Yaypanning «Turon» klubiga qarshi o`ynadi va imkoniyatni boy berib qo`ydi. O`yindan so`ng, maydonda «Neftchi»ning alamzada mulislari hakamlarga tashlangani haqida xabar bergan edik.

Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati videolavhada ko`rsatilgan holatlar nazoratga olinganligini ma`lum qildi.

Xabarda aytilishicha, hozirda barcha huquqbuzarlar ushlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

Voqeaga aloqador har bir ishtirokchining harakatiga konuniy baho berilishi aytilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar