1

Ayrim viloyatlarda davlat teatrlari tashkil etiladi

Madaniyat 02.12.2020, 09:52
Ayrim viloyatlarda davlat teatrlari tashkil etiladi

“Respublikada ayrim davlat teatrlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali ma`lum qilmoqda.   

 Qarorga ko`ra:

 Namangan va Sirdaryo viloyatlarida – qo`g`irchoq teatrlari;

 Navoiy va Toshkent viloyatlarida – qo`g`irchoq teatrlari va musiqali drama teatrlari faoliyati tashkil etiladi.  

 Qo`g`irchoq teatrlari va musiqali drama teatrlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularning ijodiy faoliyatini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida “do`stlar klublari” faoliyati yo`lga qo`yiladi.

 Shuningdek, 2021/2022 o`quv yilidan:

•  O`zbekiston davlat san`at va madaniyat institutida “Qo`g`irchoq yasash texnologiyasi” ixtisosligi bo`yicha ta`lim yo`nalishini ochish;

•  qo`g`irchoq teatri rejissyorligi, aktyorligi va dramaturgiya yo`nalishi bo`yicha maxsus sirtqi bo`limlarni tashkil qilish;

•  Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Qo`g`irchoq teatri rassomi” ixtisosligi bo`yicha ta`lim yo`nalishini ochish choralari ko`riladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1