Foydalangan elektr energiyasi uchun 1 yildan ortiq davr mobaynida to`lovlarni amalga oshirmagan iste`molchilar soni 903 305 nafar. Shuningdek, 3 yildan ortiq davr mobaynida to`lovlarni amalga oshirmagan iste`molchilar ham bor (361 185 nafar). Bu haqda bugun AOKAda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot kotibi Faxriddin Nuraliev ishtirokida o`tkazilgan brifingda ma`lumot berildi.
2020 yil 1 dekabr holatiga ko`ra, mamlakatimizdagi 14 ta hududiy elektr tarmoqlari korxonasi hamda 230 ta tuman va shahar elektr ta`minoti korxonasi tomonidan 35-110 kV kuchlanishga ega 1 623 ta nimstansiya, 82 591ta transformator punkti va 252,2 ming km uzunlikdagi elektr uzatish tarmoqlari orqali maishiy va yuridik iste`molchilariga elektr energiyasi etkazib berildi.
2020 yil 6 noyabrdan 2021 yil 1 apreliga qadar rahbar va ma`sul xodimlardan iborat tunu-kun navbatchilik tashkil etildi.
Bugungi kungacha jami 4 million 972 ming 294 nafar yoki 67 foiz iste`molchiga ASKUE tizimiga mos keluvchi hisoblagichlar o`rnatilib, ushbu hisoblagich o`rnatilgan iste`molchilarning qariyb 2,6 millioni nafari (51 foizi) billing tizimiga ulangan.
Qarzdorligi yuqori bo`lgan, ya`ni 1 mln.so`mdan 3 mln.so`mgacha bo`lgan qarzdor aholi iste`molchilarlar soni 157 839 nafarni, 3 mln.so`mdan 5 mln.so`mgacha 14 890 nafarni va 10 mln.so`mdan yuqorisi 5 199 nafarni tashkil etmoqda.






