AsosiyIqtisodiyot

Qoraqalpog`istonda nasos stansiyalari va irrigasiya kanallari xususiy sektorga beriladi

'Qoraqalpog`istonda nasos stansiyalari va irrigasiya kanallari xususiy sektorga beriladi'ning rasmi

Qoraqalpog`istonda nasos stansiyalari va irrigasiya tizimlari kanallarini xususiy sektorga berish bo`yicha 31 loyiha amalga oshiriladi. Bu haqda Huquqiy axborot kanali ma`lum qildi.

“Qoraqalpog`iston Respublikasida suv resurslaridan samarali foydalanish va erlarning meliorativ holatini yaxshilash bo`yicha kechiktirib bo`lmaydigan chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident qarori (PQ–4912-son, 05.12.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko`ra, 2021-2023 yillarda Qoraqalpog`iston Respublikasida respublika byudjeti mablag`lari hisobidan umumiy qiymati 480 380,1 mln so`mni tashkil etuvchi irrigasiya va meliorasiya ob`ektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda meliorasiya ob`ektlarini ta`mirlash va tiklash ishlari loyihalari amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo`lib, shundan:

irrigasiya ob`ektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga – 232 852,1 mln so`m;

 meliorasiya ob`ektlarini qurish va rekonstruksiya qilishga – 115 652,0 mln so`m;

 meliorasiya ob`ektlarini tizimli ta`mirlash-tiklash ishlariga – 131 876,0 mln so`m ajratilgan.

Shuningdek, belgilangan yillarda Qoraqalpog`iston Respublikasida:  

272 ta nasos stansiyalarida elektr energiyasidan foydalanishni raqamli texnologiyalar yordamida umumiy 818 ta elektr energiya hisoblagichlari va suv o`lchash qurilmalari o`rnatilib, “onlayn” rejimida nazorat qilish;

nasos stansiyalari va irrigasiya tizimlari kanallarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida xususiy sektorga berish bo`yicha 31 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar