AsosiyJamiyat

Birlamchi nogironlik qanday belgilanadi?

'Birlamchi nogironlik qanday belgilanadi?'ning rasmi

Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi bo`lim boshlig`i Abdug`ofur Narzullaev birlamchi nogironlik haqidagi savollarga javob berdi.  

"Birlamchi nogironlik belgilanishi uchun, avvalo, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy ko`rikdan o`tish kerak bo`ladi. Buning uchun:

davolash profilaktik muassasasi yo`llanmasi,

davolovchi shifokor, bo`lim mudiri, bosh shifokor imzosi va muassasa muhri bilan tasdiqlangan kasallik tarixidan ko`chirma,

ambulatoriya kartasi,

vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi (ishlaydigan fuqarolar tomonidan) taqdim etiladi.

Agar kasbiy kasallik oqibatida mehnatga layoqat yo`qotilganligi darajasi va nogironlik aniqlangan taqdirda Tibbiy-mehnat ekspert komissiyasiga tibbiy ko`rikdan o`tish uchun qonun hujjatlariga muvofiq maxsus vakolat berilgan sog`liqni saqlash muassasasi xulosasidan ko`chirma ham taqdim etilishi lozim.

Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy ko`riklar:

fuqarolarning hayot faoliyati, mehnatga layoqatining cheklanganlik holati, nogironlikning guruhlarini belgilash;

mehnat faoliyatini bajarish davomida jarohatlangan yoki salomatligini boshqacha tarzda shikastlagan ishlovchilarning mehnatga layoqati yo`qotilganligi darajasini belgilash;

nogironlarni reabilitasiya qilish chora-tadbirlari va nogironlarni ishga joylashtirish, o`qitish va qayta o`qitish bo`yicha tavsiyalar berish maqsadida o`tkaziladi.

Bunda bemorlar boshlang`ich tibbiy ko`rik:

— jarayonida aynan bir kasallik sababli vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangan kundan boshlab uzluksiz 4 oydan ortiq og`rib qolganda,

— mehnatga layoqatsizlik boshlangan kundan e`tiboran 12 oy mobaynida tanaffus bilan

6 oy mobaynida kasallanganda,

— sil kasalligi aniqlanganda,

— vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri kasallik aniqlangan kundan boshlab kamida 10 oyni tashkil qilganda,

— asosiy kasallik kuchaygan kundan boshlab kamida 6 oy silga qarshi kurashish muassasalarida hisobda turganda nogironlik guruhlariga chiqariladi.

Bu jarayonda ushbu shaxslar TMEK tomonidan belgilangan tartibda tibbiy ko`rikdan o`tkaziladi.

Shuningdek, nogironlik belgilari aniq ko`rinib turgan shaxslar, noxush klinik prognozli bemorlar yuqorida ko`rsatib o`tilgan muddatlar o`tgungacha, ya`ni ushbu belgilangan muddatlardan oldin ham tibbiy ko`rikdan o`tkazishga TMEK raisi tomonidan chiqarilgan qaror asosida qabul qilinadi", deydi mutaxassis.

Boshqa yangiliklar