7 dekabr sanasida o`tkazilgan onlayn-auksionlar natijasi haqida axborot berildi.
Kadastr agentligi rasmiy kanali ma`lum qilishicha, bugun 214 ta mulk savdoga chiqarilgan. Boshlang`ich narxi 28,7 mlrd.so`mlik 124 ta mulk 46,4 mlrd.so`mga realizasiya qilingani aytilmoqda.
Realizasiya qilingan mulklar:
5 ta davlat aktivi:
- Samarqand viloyati, Samarqand shahridan boshlang`ich narxi 27 mlrd. 432 mln.so`m bo`lgan "Afrosiyob Palas" DUK mehmonxonasi 43 mlrd. 344 mln.so`mga sotildi.
67 ta tadbirkorlik uchun er uchastkalari:
- Jizzax viloyati, G`allaorol tumanidan narxi 3,4 mln.so`mlik er uchastkasi uchun 208,3 mln.so`m narx tasdiqlandi.
1 ta daryo o`zanlarini tozalash huquqi:
- Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz tumanidan narxi 263,1 mln.so`mlik daryo o`zanlarini tozalash huquqi 1,2 mlrd.so`m narx tasdiqlandi
Bundan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslarning 9 ta mulki, 26 ta uy-joy qurish uchun er uchastkalari, 1 ta noruda qazilmalarni qazish huquqi, 4 ta tashqi reklama ob`ektlarini o`rnatish huquqi realizasiya qilindi hamda 11 ta davlat mulkini ijaraga berish bo`yicha savdolar o`tkazildi.






