AsosiyHi-tech

Telegram asoschisi yilning eng bezori odami bo`ldi

'Telegram asoschisi yilning eng bezori odami bo`ldi'ning rasmi

AQShning «Politico» nashri yilning «asosiy bezorilari» reytingini tuzdi. Uning birinchi o`rnida tadbirkor va Telegram asoschisi Pavel Durov qayd etilgan.

Material mualliflari Telegram asoschisi Durovning messenjerini «36 yoshli sirli yaratuvchisi g`oyalarini aks ettiruvchi so`z erkinligining jannati» deb atagan. Shuningdek, Telegram’ga azaldan Evropa hukumatlari tomonidan terror fitnalari va tashviqot vositasi sifatida qaralganini ta`kidlagan.

«Facebook va Twitter kabi platformalar dezinformasiya va zo`ravonlikka qarshi kurashar ekan, Telegram ushbu materiallarning aksariyati uchun jannatga aylangan», — deya xulosa qilgan jurnalistlar.

Ro`yxatga Durovdan tashqari boshqa taniqli shaxslar ham kiritilgan. Jumladan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Belarus oppozisiyasi etakchisi Svetlana Tixanovskaya, amerikalik jurnalistlar hamda ingliz yozuvchisi J.K.Roulinglar ham ro`yxatdan joy olgan.

    Boshqa yangiliklar