AsosiyIqtisodiyot

Birja savdolarida sement narxi arzonlashdi

'Birja savdolarida sement narxi arzonlashdi'ning rasmi

Sement bozori narxlarni pasayishini namoyon etdi. Hafta davomida birja savdolariga 146 985,0 tonna sement qo`yildi va ulardan 135 801,0 tonnasi, ya`ni 92,4% sotildi. Bu haqda "O`zsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi axyuorot xizmati ma`lum qildi.  

Birja savdolariga qo`yilayotgan sement hajmini pasayganligi sababli, uning o`rtacha kunlik sotuv hajmlari ham avvalgi haftaga nisbatan pasayib, o`rtacha kunlik sotuv hajmlari 27,2 ming tonnani tashkil qildi.

️Ko`rib chiqilayotgan davrda sementning barcha markalari bo`yicha shakllangan kunlik o`rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 539,1 ming so`mdan 532,4 ming so`mgacha pasaygan.

    Boshqa yangiliklar