Ma`lum bo`lishicha, 2020 yil 1 oktyabr holatiga, O`zbekiston nomidan va uning kafolati ostida jalb qilingan qarz qoldig`i dastlabki hisob-kitoblarga ko`ra 20,8 mlrd. dollar ekvivalentini yoki YaIMga nisbatan 36,8 foizni tashkil etdi.
Davlat qarzining so`ngi yillardagi o`sishi dinamikasiga qaramay, xalqaro me`yorlarga ko`ra mo``tadil darajada saqlanib qolmoqda, deyiladi hisobotda.
2020 yilning uchinchi choragida davlat qarzi qoldig`ining o`sishini shakllantiruvchi asosiy omillar:
- O`zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolangan tashqi qarz bitimlari doirasida o`zlashtirilgan mablag`lar qoldig`i 1,5 mlrd.
dollarga,
- Davlat kafolati ostida imzolangan tashqi qarz bitimlari doirasida o`zlashtirilgan mablag`lar qoldig`i 1,3 mlrd. dollarga;
- 4,194 trln. so`m miqdorida davlat qimmatli qog`ozlari chiqarilishi hamda 750 mlrd. so`mga teng ichki qarzdorlik so`ndirilishi natijasida davlat qimmatli qog`ozlari qoldig`i 3 444,8 mlrd. so`mga oshdi.
Sharhda ilk bor imzolangan davlat tashqi qarzi bitimlari hamda uning hisobiga moliyalashtirilgan turli sohalardagi loyihalar haqida ma`lumot berilgan.






