AsosiySport

Futbolchilar janjallashgani sababli Qashqadaryodagi o`yin to`xtatildi

'Futbolchilar janjallashgani sababli Qashqadaryodagi o`yin to`xtatildi'ning rasmi

Bugun Beshkent shahrida "Xumo" va "Chiroqchi" jamoalari o`rtasida uchrashuv bo`lishi kerak edi. Ushbu uchrashuvning 49-daqiqasida o`yin bosh hakam tomonidan to`xtatilgan

Bunga sabab, ChIROQChI jamoasi o`yinchilari hakam va mezbon jamoa o`yinchilari bilan vaziyat yuzasidan tortishib ketganligi sabab qilib ko`rsatilmoqda.

Hakamlar o`yinchilarni tinchlantira olmagan. Bu vaqtda esa o`yin xavfsizligi bo`yicha ma`sul bo`lgan, ichki ishlar xodimlari stadionni tark etgan bo`lgan.  

Ushbu voqea ertaga viloyat futbol assosiasiyasida muhokama qilinadi va tegishli qaror qabul qilinishi aytilmoqda Qashqadaryo futbol assosiasiyasi bergan xabarda.

Eslatib o`tamiz, sal avval "Neftchi" futbol klubi o`yini ham janjal tufayli to`xtatilgan edi.

    Boshqa yangiliklar