1

2021 yil oxirigacha O`zbekistondagi barcha maktablar optik tolali internetga ulanadi — Alisher Zafarov

Hi-tech 12.12.2020, 06:43
2021 yil oxirigacha O`zbekistondagi barcha maktablar optik tolali internetga ulanadi — Alisher Zafarov

2021 yilda 20 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalarini qurish, mobil aloqa qamrovini 95 foizga etkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda "O'zbektelekom" xabarlariga asosan kun.uz ma'lum qildi.

2021 yil oxirigacha O`zbekistondagi barcha maktablar optik tolali internet bilan qamrab olinadi, deb ma`lum qildi «O`zbektelekom» AK bosh direktori o`rinbosari Alisher Zafarov.

U chekka va tog`li hududlardagi maktablarga sifatli internet qachon etib borishi haqidagi savolga javoban shu haqda ma`lum qildi.

«Mo`ljalimiz bo`yicha bu ishlarni 2021 yil oxirigacha cho`zmaslik chorasini ko`ramiz. Chunki ayrim joylar haqiqatan ham juda uzoqda joylashgan. Biz shunday hududlarning har biriga optik tolali aloqa liniyalarini etkazib borishni maqsad qilganmiz.

Har bitta ob`ekt bo`yicha hozirda to`liq ma`lumotimiz bor. Nafaqat optika, balki sun`iy yo`ldoshdan foydalanish tomonlarini ham o`ylab ko`rmoqdamiz. Bu ishni keyingi yildan kechiktirmaymiz», – dedi «O`zbektelekom» rasmiysi 11 dekabr kungi matbuot anjumanida.

Ma`lum qilinishicha, 2020–2022 yillarda internet tarmog`iga keng polosali ulanish portlarini 2,5 milliongacha ko`paytirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 20 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari qurish va mobil aloqa qamrovini 95 foizga etkazish belgilangan.

Mas`ullarga ko`ra, ayni paytda O`zbekistonda internet foydalanuvchilari soni 22 mln kishidan ortiqni tashkil etmoqda. Shundan 19 million kishi – mobil internet foydalanuvchilaridir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1