1

"Yandeks"da "karantin" yil so`zi bo`ldi

Hi-tech 19.12.2020, 11:13
"Yandeks"da "karantin" yil so`zi bo`ldi

"Yandeks" foydalanuvchilar tomonidan 2020 yilda eng ko`p qidirilgan mashhur so`zlarni aniqladi. Ular "karantin", "ruxsatnoma" va "konstitusiya" so`zlari bo`ldi

Ma`lum bo`lishicha, joriy yilda ushbu so`zlardan foydalanish chastotasi uch martadan oshgan. 

Tahlilchilar, shuningdek, so`nggi o`n yillikdagi asosiy so`zlarni ham aniqlagan. 

Demak, 2011 yilda "planshet", "kupon" va "defolt", 2012 yilda "multivarka", "memlar" va "ultrabuk", 2013 yilda "meteorit", "pleykast", va "promo kod" etakchi so`zlar bo`lgan. 

2014 yilda foydalanuvchilar ko`pincha "maydan", "goji" va "sanksiyalar" so`zlarini so`rashgan. 2015 yilda "tverk" (raqs turi), "kek" (kulguni anglatadi) va "sliponlar" (oyoq kiyim turi), 2016 yilda "giroskuter", "petisiya" va "veyp" so`zlari qidirilgan.

Avvalroq, Google "Yil qidiruvlari" reytingini e`lon qilgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1