AsosiySport

Moskvadagi sambo bo`yicha jahon chempionatida o`zbekistonlik IIB xodimi 2-o`rinni egalladi

'Moskvadagi sambo bo`yicha jahon chempionatida o`zbekistonlik IIB xodimi 2-o`rinni egalladi'ning rasmi

Samarqandlik IIB xodimi jahon chempionatida vatanimiz sharafini munosib himoya qildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ayni kunlarda Rossiyaning Moskva shahrida sportning sambo turi bo`yicha jahon chempionati o`z yakuniga etmoqda.  

Musobaqalarda 82 kilogramm vazn toifasida vatanimiz sharafini himoya qilgan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi TVBSO xodimi kichik serjant Ro`ziev Furqat fahrli 2-o`rinni egalladi.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi kichik serjant F.Ro`zievni ushbu g`alaba bilan samimiy muborakbod etadi.

Eslatib o`tamiz, Furqat Ro`ziev noyabr oyida Serbiyada kattalar o`rtasida bo`lib o`tgan jahon chempionatida ham fahrli ikkinchi o`rinni qo`lga kiritgan edi.

    Boshqa yangiliklar