AsosiyIqtisodiyot

O`zbekistonda narxi keskin ko`tarilib ketgan mandarinning qaysi davlatlardan qancha import qilingani ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonda narxi keskin ko`tarilib ketgan mandarinning qaysi davlatlardan qancha import  qilingani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2020 yilning 10 oyida O`zbekistonga xorijiy davlatlardan import qilingan sitrus mevalar:

Banan – 17,6 mln. AQSh dollariga teng 26,5 ming tonna;

Avakado – 21,6 ming AQSh dollariga teng 30,2  tonna;

Ananas – 258,1 ming AQSh dollariga teng 382,4 tonna;

Mandarin– 3,5 mln. AQSh dollariga teng 22,4 ming tonna;

Apelsin– 1,7 mln. AQSh dollariga teng 2,7 ming tonna.

Shuningdek, joriy yilning 1 dekabr holatiga O`zbekiston 11 ta xorijiy davlatdan qiymati 4,0 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 23,8 ming tonna mandarin import qilgan. Bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda mandarin import hajmi 0,8 ming tonna kam.

Ma`lum qilinishicha, o`tgan 11 oy davomida O`zbekiston mandarin mahsulotini eng ko`p import qilgan davlatlar:

Pokiston – 19,5 ming tonna;

Xitoy – 2,2 ming tonna;

 Turkiya – 1,3 ming tonna;  

 Misr – 214,2 tonna;

 Qozog`iston – 156,3 tonna.

 Ma`lumot o`rnida:   2019 yilning 1 dekabr holatiga O`zbekiston 24,6 ming tonna mandarin import qilgan va 2020 yilning 11 va 12 oyi yakunlari bo`yicha mazkur mevalarning importiga oid alohida qiziqarli yangiliklar berilishi rejalashtirilgan.

Boshqa yangiliklar