AsosiySUG'DIYONA

Sevgi umrbod davom etishi mumkinligini isbotlagan 15 yulduzli juftlik(Foto)

Ko`pchilik taniqli insonlarning oilasi mustahkam bo`lishiga ishonmaydi. Ammo mashhurlarning orasida ham uzoq yillardan beri muxabbat asnosida turmush qurib yashab kelayotganlar yo`q emas. Quyidagi suratlarni tomosha qilib, bunga o`zingiz amin bo`lishingiz mumkin.

Adriano Chelentano va Klaudiya Mori

Ular 51 yildan beri birga  

Bu ikki insonning muxabbati yarim asrdan beri davom etmoqda va hali hanuz muxabbat otashi so`ngani yo`q.

“Ular shuncha yildan beri birga yashashadi va hali hamon bir-birini telbalarcha sevadi”, — deydi ular haqida do`stlari.

Kit Richards va Patti Xansen

Ular 37 yildan beri birga

Kit va Patti 37 yildan beri  birga yashaydi. Ular birgalikda ko`plab qiyinchiliklarni engib o`tgan. Xansen: “Kit hayotimni saqlab qoldi. Uning muxabbati va g`amxo`rligi hayotimni quvonch va baxtga to`ldirdi, tushkun kayfiyatdan chiqishimga yordam berdi”, —deydi.

Ozzi Osborn va Sheron Osborn

37 yildan beri birga


Ozzi guruhdan bo`shatilgandan so`ng, Sheron uning karerasini o`z qo`liga oldi. Shundan so`ng ular bir-biriga ko`ngil qo`ydi. Oradan uch yil o`tib ular turmush qurdi. Juftlikning uch nafar farzandi bor. Hayotiy tashvishlar va qiyinchiliklarga qaramay ular hamon birga. “Men uni jonimdan ortiq ko`raman”, —deydi Ozzi.

Semyuel L. Jekson va LaTanya Richardson

36 yildan beri birga

Ular turmushda ko`plab qiyinchiliklarga duch keldi. “O`ttiz yildan beri turmush qurib kelayotgan insoningga qarata ‘Hammasi jonga tegdi’deging keladi ba`zida”, bu so`zning o`rniga ‘Hammasi jonga tegdi, meni kechir’ desa ham bo`ladi”, —deydi Semyuel.

Sting va Trudi Stayler

34 yildan beri birga


Ular 1982 yilda tanishgan va hali hamon birga. “Bir insonga shunchalik bog`lanib qolish mumkinligini tasavvur ham qilolmasdim. Ammo butun umring mobaynida seni sevgan va sen sevgan bir inson bilangina yashab o`tish baxtini so`z bilan ta`riflash mushkul”, —deydi Sting.

Jeymi Li Kyortis va Kristofer Gest

32 yildan beri birga

Bir ko`rishda sevgi-bu ularga xos. Jeymi Li Kyortis sevgilisining suratini jurnalda ko`rib qoladi va dugonasiga “Men mana shu yigitga turmushga chiqaman!”, —deydi. Birozdan so`ng ular tanishdi va ularning munosabati oila qurishgacha bordi.

Kevin Beykon va Kira Sejvik

28 yildan beri birga


Kevin Kiraga etishishi uchun ancha ter to`kkan. Qiz boshida yigitni uncha xushlamagan. Ammo Kevin bo`sh kelmadi. Oxir-oqibat ular turmush qurdi va ikki farzandli bo`ldi.  

Xyu Lori va Jo Grin

27 yildan beri birga

“Biz Jo bilan bir-birimizni to`ldirib turamiz. Biz yildan yilga bir-birimizga bog`lanib, yaqinlashib ketyapmiz”, —deydi Lori.

Liza Kudrou va Mishel Shtern

21 yildan beri birga

Ular 1987 yilda tanishgan, o`shanda Liza Mishelni jiddiy qabul qilmagan. Oradan bir necha yil o`tgach, ular “Do`stlar” serialida yana uchrashishdi va o`rtada muxabbat jo`sh urdi.

Ular 21 yildan beri birgalikda o`g`il farzandni tarbiyalamoqda. 

Sindi Krouford va Rendi Gerber

21 yildan beri birga

Ular 1995 yilda uchrasha boshlagan. Uch yildan so`ng Kroufordning o`zi Gerberga sevgi izhor qilgan. “Bizning munosabatlarimiz do`stlikdan boshlanib, sevgiga aylandi. Mustahkam oila qurishni istasangiz, bir-biringizga do`st bo`ling”, —deydi Sindi.

Sara Mishel Gellar va Freddi kichik shahzoda

19 yildan beri birga

Bu juftlik omma oldida ko`p ko`rinish berishni xushlamaydi. “Biz oilamizni begona ko`zlardan himoya qilishni istaymiz”, —deydi  Freddi. “Shuning uchun ham bizda hammasi yaxshi”.

Jeyms Belushi va Jennifer Sloun

18 yildan beri birga

1998 yilda Belushi haqiqiy oilaviy baxtga erishdi. U Jenniferga uylandi va bu nikoh hamma xavas qilgulik darajada mustahkam bo`ldi. Ularning ikki nafar farzandi bor. “Rafiqam meni hayotda asosiysiga-sevishga o`rgatdi”, —deydi Belushi.

Ben Stiller va Kristin Teylor

17 yildan beri birga

Ular bitr tadbirda uchrashib qoldi va buni taqdirning bebaho tuhfasi deb atadi. Shundan so`ng 17 yil vaqt o`tdi. Ular hamon birgalikda baxtli hayot kechirmoqda va ikki nafar farzandning ota-onasi.

Beyonse va Jey-Zi

14 yildan beri birga

Ular 2002 yilda bir-biriga bo`lgan muxabbatni ommaga oshkor qildi. Juftlik shaxsiy hayoti haqida gapirishni ko`p ham xushlamaydi. Balki, bu baxtli va mustahkam oila qurishning asosiy omilidir?

Robert Dauni-kichkina va Syuzan Levin

13 yildan beri birga


Ular bir-birini topishi uchun uzoq yo`lni bosib o`tdi. Va nihoyat bir-birini uchratdi. Robert Syuzanni uchratganidan so`ng o`zining barcha yomon odatlarini tashladi.

 
  

    Boshqa yangiliklar