AsosiyShou-biznes

Tamilaning prodyuseri behayo videolar sabab u bilan hamkorlikni to`xtatdi(Foto)

Kuni kecha Telegram ijtimoiy tarmog`ida xonanda Tamila ishtirokidagi ikki behayo videorolik tarqaldi.

Birinchi videorolikda bankada nimadir ichib o`tirgan xonandadan uni videoga olayotgan erkak kishi “Tamila yulduz bo`lguniga qadar kim bo`lgan?” deb so`raydi. Tamila esa bunga javoban ensasini qotirib, o`rnidan turadi va nojo`ya harakatlar qila boshlaydi.

Ikkinchi videorolikda esa deyarli kiyimsiz Tamila katta yo`l o`rtasida nojo`ya hatti-harakatlar qilayotgani tasvirlangan.

Videorolikdagi haqiqatdan ham Tamila yoki u emasligini aniqlash maqsadida “Sayyod” sayti u bilan bog`landi.

Tamila birinchi videorolikdagi o`zi ekanligi, ikkinchi videodagi qahramon esa u emasligini aytib o`tgan va “Bunga hech qanday izoh bera olmayman” degan.

Vaziyatga xonandaning prodyuseri Najot Agzamov quyidagicha izoh bergan:

Biz chuqur shokdamiz. Shaxsan o`zim bugun barcha efirlarga uni promosini to`xtatish xaqida murojaat qildim va “O`zbeknavo” estrada birlashmasiga ham o`zim bu mavzu haqida xabar berdim. Ochig`i men Tamila uchun judayam uyatdaman. Hammani oldida uyatda qoldik. Uni bunday taraflarini men va prodyuserlik markazimiz xodimlaridan birontasi bilmagan ekanmiz va albatta bilganimizda u bilan ishlamasdik. Rosti ham avvalgi tarqalgan va Tamila deya gumon qilingan suratlarda u emasligini tasdiqlovchi ekspertiza xulosasini Tamila olib kelganini ko`rgandim. O`sha suratlarda u emasligiga jamoamiz bilan ishongandik. Bugundan boshlab Tamila bilan hamkorlikni yakunlaymiz. Unga insof tilab qolamiz. Essiz unga ketgan harakat va mehnatim.
“O`zbeknavo” estrada birlashmasi lisenziya bo`limi boshlig`i Odil Abduqahhorov bu mavzu yuzasidan choralar ko`rilishi xaqida aytib,videoga nisbatan “Kuchuk bilan xo`tikni aslo qilma tarbiya, it bo`lur eshak bo`lur aslo bo`lmas odamiy” deya izoh bergan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar