Odatda har to`rt yilda bir keladigan kabisa yili boshqalaridan bir kunga ko`pligini aytmaganda, u qadar jiddiy farqlanmaydi. Bu shunchaki astronomik hisob-kitoblar bo`yicha uch yildan ortib qolgan soatlar, daqiqalar va soniyalarning yig`indisi natijasida to`rtinchi yilning bir kunga uzayishidir.
Tarixga nazar soladigan bo`lsak, bu yilda urushlar, tabiiy va ijtimoiy ofatlar, halokatlar boshqa yillarga qaraganda ko`proq bo`lganini sezish mumkin. Yakunlanayotgan 2020 yil ham shu kabi xush va noxushg voqealar bilan yodda qolmoqda.
Koronavirus pandemiyasi
Koronavirus tufayli kelib chiqqan yangi kasallikning ilk belgilari o`tgan yilnig oxirlarida aniqlangan bo`lsa, 2020 yil 22 martga kelib, Jahon Sog`liqni saqlash tashkiloti rasman pandemiya boshlanganini e`lon qildi. O`tgan oylar davomida dunyoning 200 dan ortiq davlatida qisqa vaqt mobaynida millionlab odam bu kasallikni yuqtirib oldi. So`nggi soatlarda butun dunyoda 78 mitllionga yaqin kini koronavirusga chalingan, shu paytga qadar bu xastalkdan vafot etganlar soni 1,7 million nafarga etdi.
Pandemiya tufayli dunyo mamlakatlari ko`rgan zarar miqdori bir necha trillion dollarni tashkil etadi.
Hozircha ushbu kasallikka qarshi Er yuzida bir qator vaksinalar ishlab chiqarilgan. Ko`pgina davlatlarda ommaviy emlash ham boshlab yuborildi. Ammo, hozircha bu tadbirlarning samarasi sezilgani yo`q. Mamlakatimizda ham 76 mingdan ortiq kishi koronavirus bilan og`rib, shundan 73, 5 ming kishi tuzalib chiqdi. Afsuski, 612 nafar inson nobud bo`ldi.
Tabiiy ofatlar
Tugayotgan yil sayyoramiz ahli uchun ancha murakkab kelganini tan olish lozim. Chunki, dunyoning o`nlayub mamlakatlari turli zilzilalar, toshqinlar, to`fonu to`zonlardan zarar ko`rdi. Jumladan Turkiyaning Izmir viloyatida 31 oktyabrda yuz bergan zilzila tufayli 91 kishi nobud bo`ldi, minglab uylar xarobaga aylandi. Fransiya va Italiyada oktyabr oyida yuz bergan suv toshqini va kuchli yomg`irlar o`nlab insonlarning hayotiga zomin bo`ldi. Iyul oyida Evropaning qator davlatlarida ro`y bergan qurg`ochilik qishloq xo`jaligiga misli ko`rilmagan darajada zarar etkazdi. AQSh, Portugaliya, Gresiyada yuz bergan o`rmon yong`inlari ham katta talofatlarga, insonlar fojeasiga sabab bo`ldi.
Jumladan, mamlakatimizda Sardoba tumanida qurilgan suv omborining emirilishi oqibatidan viloyatdagi bir qator qishloqlar suv ostida qoldi, bir qator hamyurtlarimiz halok bo`ldi. Shuningdek, Buxoro viloyatida kuchli shamol yuzlab xonadonlarning mol-mulkiga jiddiy zarar etkazdi.
Bayrut xarobalari
Shu yilning 4 avgust kuni Livan poytaxtida Bayrutning dengiz portida yuz bergan kuchli portlash 200 dan ortiq kishining umriga zomin bo`ldi. Bu faqat rasmiy raqam. Undan zarar ko`rganlarning umumiy soni 300 ming kishini tashkil etmoqdla.
2750 tonna ammiak selitrasi saqlanayotgan ushbu omborning portlashi ortidan poytaxtning katta qismi yaroqsiz holga keldi. Rossiya, Fransiya Italiya, Eron va boshqa mamlakatlardan Livanga insonparvarlik yordamlari jo`natildi. Mazkur fojia ortidan mamlakatda bir qator hududlarida norozilik namoyishlari bo`lib o`tdi.
Qorabog`da nima gap?
27 sentyabr kuni Armaniston qurolli kuchlarining Ozarboyjon hududiga o`t ochib, o`q otishni to`xtatish to`g`risidagi bitimni qo`pol ravishda buzganiga javoban, Ozarboyjon kuchliri qo`shni davlat tomonidan bosib olingan qishloqlarni ozod qilishga kirishdi.
Ikki oydan ko`proq davom etgan muhorabada har ikki tomon katta ziyon ko`rdi. Birgina Ozarboyjon harbiylari orasidan 2802 nafar kishi o`ldirilgan. Armaniston qurbonlari soni 3300 dan oshib ketgan. Mazkur harbiy to`qnashuvlar oqibatida Armaniston tomonidan bosib olingan Tog`li Qorabog` viloyati va unga tutash ettita tuman Ozarboyjonga qaytarildi. Shuningdek, mintaqada tinchlikni saqlash maqsadida Rossiya harbiylaridan iborat tinchlikparvar kuchlar Tog`li Qorabog` hududiga kiritildi.
Fransiyadagi qarama-qarshiliklar
16 oktyabr kuni Fransiyaning Parij shahri yaqinidagi shaharchada tarix va geografiya fani o`qituvchisi Samyuel Patining 18 yoshli o`quvchi Abdulla Ansorov tomonidan o`ldirilishi ham Evropadagi notinchlikning yangi to`lqinini keltirib chiqardi. Samyuel Pati tomonidan dars paytida o`quvchilarga islom payg`ambari Muhammad (s.a.v)ning «Sharli Ebdo» jurnalida bosilgan karikaturasining ko`rsatilishi uning fojiasiga sabab bo`ldi. O`qituvchining dafn marosimida Fransiya Prezidenti islom dini va musulmonlarga nisbatan bildirgan tanqidiy fikrlari dunyoning turli mintaqalarida musulmonlarning noroziligiga sabab bo`ldi.
Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdog`anning da`vati ortidan ko`pgina davlatlarda odamlar fransuz mahsulotlariga boykot talab qilib chiqishdi.
Shu bilan birga mamlakatda islomiy qadriyatlarning tartibga solinishi haqida qonun loyihasi muhokamaga kiritilishi ham olovga yog` sepgandek bo`ldi. Fransiya, Avstriya va boshqa bir qator mamlakatlarda yana teraktlar sodir etildi. Jumladan Fransiyaning Nissa shahridagi cherkovda tunislik Ibrohim al-Avisaui uch kishining umriga zomin bo`ldi. Shuningdek, 2 noyabr kuni Avstriyaning Vena shahrida alban millatiga mansub Feyzulay Kuytim ko`chada odamlarni o`qqa tutishi oqibatida 20 kishi jarohatlandi, 4 kishi vafot etdi.
Belarusda siyosiy beqarorlik
Joriy yilning 9 avgust kuni o`tkazilgan Belarusda Prezident saylovida amaldagi davlat rahbari 80 foizdan ko`proq ovoz to`plab g`alaba qozongani uning asosiy raqibi Svetlana Tixanovskaya tarafdorlarining jiddiy noroziligiga sabab bo`ldi. Namoyishchilar saylov natijalariga shubha bildirib, mamlakatning yirik shaharlarida norozilik namoyishlarini o`tkazishdi.
Bu namoyishlar bir necha oy davom etdi. Saylovdan so`ng mamlakatni tark etgan Svetlana Tixanovskaya tashqaridan o`z tarafdorlarini qo`llab-quvvatlab turdi. U Lukashenkodan qamoqdagi namoyishchilarni ozod qilishni va qayta saylov o`tkazishni talab qildi, Aks holda norozilik gnamoyishlari to`xtamasligini bildirdi. Bir qator Evropa mamlakatlari rahbarlari Belarusdagi saylov natijalarini tan olishmadi.
Ammo, Adeksandr lukashenko bu tartibsizliklarga e`tibor bermay, uni g`arb davlatlarining g`irrom siyosati deb baholadi va muxolifatchilar qo`ygan shartlarni tan olmadi. Belarus rahbariyati muxolifat tarafdorlarining aksariyatini qo`lga olib, asossiz xibsga olganlikda, ularga nisbatan tazyiq o`tkazganlikda ayblanmoqda.
Bu hali hammasi emas
Albatta, bunday notinchliklar, siyosiy o`zgarishlar, ofatlar va talofatlarga ko`plab misollar keltirish mumkin. Ayrim xorijlik tahlilchilar 2020 yil boshqa yillardan ko`ra har jihatdan og`ir, mashaqqatli kechganini aytishmoqda. Bu holatini kabisa yilining boshqalarga nisbaan birmuncha og`ir kechishi bilan izohlayotganlar ham yo`q emas.
Tarixda kabisa yillarida yuz bergan fojealarg istagancha misollar keltirish mumkin. Jumladan, 2012 yildagi «Titanik» kemasining cho`kib ketishi, 1948 yildagi ashxobod zilzilasini, 2000 yildagi «Kursk» kemasi halokatini, 2004 yildagi Beslan fojeasini ana shu ro`yxatga kiritish mumkin. Ammo, bunday fojealar albatta boshqa yillarda ham uchrashi mumkin.
Darvoqe, muqaddas dinimiz nuqtai nazaridan turli irim-sirimlarga ishonish, shumlanish nojoiz ekanini ham unutmaslik kerak. Nima bo`lganda ham, navbatdagi kabisa yili ortda qolmoqda va u insoniyat uchun nisbatan qiyin kechayotganini ham ayni haqiqat. Mayli, muhimi, kirib kelayotgan 2021 yilda bunday ko`ngilsizliklar aslo yuz bermasin!
Rustam JABBOROV tayyorladi.