AsosiySUG'DIYONA

Rayhon sochi rangini tez-tez o`zgartirishi sababini aytdi

Xonanda Rayhonning 23-27 fevral kunlari “Istiqlol” san`at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etayotganidan xabaringiz bor. Ayni damda xonanda konsert dasturiga qizg`in tayyorgarlik ko`rmoqda. Aslida tayyorgarlik jarayoni o`tgan yildan boshlangan. Rayhon va uning ijodiy jamoasi muxlislarga orginal va betakror shou-konsert dasturini taqdim etishga tayyorgarlik ko`rmoqda. Bu haqda xonanda “Shov-shuv.uz” saytiga bergan intervyusida aytib o`tdi.

Shuningdek xonanda imijini, xususan sochlari rangini tez-tez o`zgartirishini quyidagicha izohladi:

“Sochlarim rangi o`zgarar, biroq, tashqi ko`rinishimni, yuzimni o`zgartirish istagim yo`q. Imijim o`zgarishini - muxlislarimga zerikarli ko`ringim kelmasligi bilan izohlayman”.

Har doim sarviqomat bo`lib yurishining sababi haqidagi savolga esa Rayhon "Shirinliklardan tiyilaman. Sport zalda vaqtim ko`proq o`tadi. O`zimga e`tiborli bo`lishimda tomoshabinlar kuch beradi. Agar sevimli ishim bo`lmaganida, vaznim 100 kgdan oshim ketardi",-deya javob berdi.

 

 

    Boshqa yangiliklar