1

1 yanvardan Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasi tugatiladi

Siyosat 31.12.2020, 08:47
1 yanvardan Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasi tugatiladi

O`zbekiston Respublikasining “2021 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida»gi Qonuni ijrosini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarori qabul qilindi.

Unga ko`ra, 2021 yil 1 yanvardan Moliya vazirligi huzuridagi Inqirozga qarshi kurashish jamg`armasi tugatiladi, jamg`arma hisobidan ajratilgan mablag`larning o`zlashtirilmagan qismi hamda jamg`armaning joriy yil oxiriga qoldiq mablag`lari O`zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga o`tkaziladi.

Belgilanishicha, 2021 yilda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlari O`zbekiston Respublikasi respublika byudjetida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish xarajatlari doirasida moliyalashtiriladi. Bu haqda Xalq so`zi nashri ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1