1

Yangi yil haqidagi siz bilmagan qiziqarli faktlar (2-qism)

Mutolaa 31.12.2020, 10:11
Yangi yil haqidagi siz bilmagan qiziqarli faktlar (2-qism)

Avvalroq, Yangi yil bayrami haqidagi qiziqarli faktlar mavzusidagi maqolaning birinchi qismini hukmingizga havola qilgandik. Quyida uning davomini o`qishingiz mumkun.

  • Mikroneziyada yangi yil odatdagidek 1-yanvarda kutib olinadi. Oroldagi barcha odamlar yangi yil kuni o`zi uchun yangi ism o`ylab topadi va bu haqda yaqinlarining qulog`iga shipshitadi. Qarindoshlarning bir qismi esa yangi ismni yovuz ruhlar eshitib qolmasligi uchun bor kuchi bilan do`mbira chalib turadi.
  • Braziliyada yangi yilning asosiy taomi yasmiqdan tayyorlangan sho`rva hisoblanadi. Aytishlaricha, yasmiq baxt va boylik keltiradi.
     
  • Avstriyada kaklik “Baxt qushi” sifatida qadrlanadi. Shuning uchun yangi yil dasturxoniga kaklikning go`shti tortilmaydi.
     
  • Germaniyada Santa Klaus bolalarga sovg`ani deraza tokchasiga tashlab ketadi. Shvetsiyada esa Qorbobo tuhfasi pechkaning ichida qoldiriladi.
     
  • Afrika davlatlarida deyarli qish bo`lmagani va qor yog`magani sabab ular Qorboboga turlicha nomlar qo`yishgan. Masalan, Kambodjada Qorboboni Issiq bobo deb atashadi.
     
  • Skandinaviyada yangi yil dasturxoniga guruchli bo`tqa tortiladi. Bo`tqaning ichiga esa bir dona bodom yashiriladi. Ularning fikricha, bodom kimga nasib etsa, o`sha odam yil bo`yi baxtli va boy yashaydi.
     
  • Qadimda Qorbobo hech kimga sovg`a ulashmagan. Aksincha, odamlar Qorboboga sovg`alar hadya etgan.
     
  • Har yili amerikaliklarning 45 foizi Yangi yilda vazn yo`qotish, tartibli bo`lish, pulni ko`proq tejash, sog`lom turmush tarziga amal qilish va chekishni tashlash borasida qarorlar qabul qiladi. Lekin, ularning 25 foizi yanvar oyining ikkinchi haftasidayoq o`z qarorlariga rioya qilolmay, voz kechishadi.
     
  • Evropada Yangi yilni oila va yaqinlar bilan kutib olinishi kerak degan qarash bor. Evropaliklarning fikricha, yangi yilda birinchi marta duch kelgan odamlari keyingi 12 oy davomida ularning yonida bo`ladi.
     
  • Daniya aholisi Yangi yil kuni idishlarni qo`shnilarining ostonasiga uloqtirishadi. Kimning ostonasiga eng ko`p idish uloqtirilsa, u yangi yilda shuncha do`st orttiradi.
     
  • Ispaniyada 31-dekabr kuni yarim tunda 12 ta uzum eyish odati bor. Ispanlar uzum tanovul qilayotgan paytida o`z istaklarini bildiradi. Bu an`ana, yilning 12 oyi davomida omadga erishish ramzi sanaladi. Ispanlarning bu urf-odati 1895-yilda o`ylab topilgan.
     
  • Yangi yil kuni Yaponiyadagi Buddist ibodatxonalarida 108 marta qo`ng`iroq chalinadi. Yaponlar ushbu marosimni Toshigami nomi bilan tanilgan Yangi yil Xudosini kutib olish uchun o`tkazadi. Shuningdek, yaponlar yangi yilda uzun makaron eyishadi. Bu uzoq umr ko`rishni anglatadi.
     
  • Qadimgi Yunonistonda bayram kuni eshiklarga achchiq piyozlar osib qo`yilgan. Bu kelayotgan yilda bolalar yomonliklardan holi bo`lishi uchun amalga oshirilgan.
     
  • Gollandiyada katta-katta maydonlarda omma yig`ilib bezatilgan yangi yil archasini yoqib yuborishadi. Bu eski yil sarqitlaridan qutulishning belgisi ekan.
     
  • Xitoyda Yangi yil sanasi o`zgarib turadi. Bu sana 21-yanvar va 20-fevral oralig`ida almashinib turadi. Har yilgi bayram kuni Xitoy oy taqvimi bilan belgilanadi. 2021 yilda Xitoy Yangi Yili 12-fevral, juma kuniga to`g`ri keladi.

 

Risolat MAXSIMOVA 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1