Ular kinoda sevishganlarni gavdalantirayotganda, bir-birini qanday sevib qolganini sezmay ham qolishgan. Woman's Day ekrandagi tuyg`ularni hayotga ko`chirgan o`n nafar juftlik haqida yozdi.
Endryu Garfild va Emma Stoun, «Yangi o`rgimchak-odam»
«Yangi o`rgimchak-odam» filmi suratga olish jarayonida bosh rol ijrochilari Endryu Garfild va Emma Stoun o`rtasida romantik munosabatlar dunyoga keldi. Yoshlar o`zlarining his-tuyg`ularini atrofdagilardan berkitmadi. S`yomka tugagandan ko`p o`tmay, ular birgalikda yashay boshlashdi. Bundan bir yil muqaddam matbuot ular to`yni Italiyada o`tkazishni rejalashtirishayotgani haqida xabar bergan edi. Ammo ikkala mashhur yulduz ishga boshlari bilan sho`ng`iganlari bois to`yni orqaga surib kelishdi, oqibatda to`y qilmasdan ajrashib ketishdi.
Reychel Makadams va Rayan Gosling, «Xotira kundaligi»
Xotira kundaligi melodramasini tomosha qilgan har bir odam bosh qahramonlarning muhabbatiga havas qilgan, ular bilan birga his-hayajonga berilgani aniq. Reychel Makadams va Rayan Gosling sevishganlar roliga shu darajada kirib ketishdiki, film s`yomkasi tugagandan keyin ham bu rol ta`siridan chiqisholmadi. Aslida esa s`yomka jarayonida bu juftlik o`rtasidagi munosabat havas qilarli darajada emasdi. Ular tez-tez janjallashar, bir-biriga baqirishardi. Film rejissyori Nik Kassavetisning xotirlashicha, ular begonalarning oldida ham tortinmay, bir-birlarini bemalol haqoratlashgan. Gosling hatto aktrisani almashtirishni ham talab qilgan. Nafratdan muhabbatgacha bir qadam deyishgani rost shekilli, ularning orasida muhabbat paydo bo`ldi. Ular uch yillik turmushdan keyin ajrashib ketgan bo`lsa ham bir-birini yaxshi so`zlar bilan xotirladi.
Deniel Kreyg va Reychel Vays, «Orzular uyi»
Yangi Bond va Reychel Vays o`rtasidagi munosabat boshqalar uchun kutilmagan yangilik bo`ldi. Ular birga bo`lish uchun oldingi nikohlarini bekor qilishdi. Deniel Kreyg Sasuki Mitcheldan, Reychel Vays esa to`qqiz yil baxtli hayot kechirgan Darren Aronofski bilan ajrashdi.
Aktyorlar uzoq yillardan beri tanish bo`lishsa-da, «Orzular uyi» dramatik filmi s`yomkasidan keyin bir-birlarini yoqtirib qolishdi. Ular munosabatlarini ommadan sir tutganliklari bois, jurnalistlar uzoq vaqt ko`p narsadan bexabar qolishdi. 2011 yili nihoyat juftlik yashirincha kamtarona to`y qilishdi. Guvohlarning aytishicha, to`yda atigi to`rt kishi qatnashgan: bular kelin-kuyovga guvohlik qilgan do`stlari va oldingi turmushlaridan bo`lgan bolalari bo`lgan.
Emma Roberts va Evan Piters, «Amerikacha dahshatlar tarixi»
Mashhur «Amerikacha dahshatlar tarixi» seriali aktrisalaridan biri Emma Roberts s`yomka maydonchasidagi jamoadoshi Evan Pitersning diqqatini o`ziga jalb etish uchun ancha ter to`kdi. Qiz qanchalik harakat qilmasin Evan uni nazar-pisand qilmadi. Go`zal Roberts baribir g`alaba qozondi, ular bir-birlarini sevib qoldi, hattoki to`y qilishni ham rejalashtirdi. Ammo Emmaning ammasi mashhur yulduz Juliya Roberts jiyanining tanlovini ma`qullamadi. Shunga qaramay, ular uch yil birga bo`lishdi va ajrashib ketishdi.
Emma Roberts va Evan Piters, «Amerikacha dahshatlar tarixi»
Mashhur «Amerikacha dahshatlar tarixi» seriali aktrisalaridan biri Emma Roberts s`yomka maydonchasidagi jamoadoshi Evan Pitersning diqqatini o`ziga jalb etish uchun ancha ter to`kdi. Qiz qanchalik harakat qilmasin Evan uni nazar-pisand qilmadi. Go`zal Roberts baribir g`alaba qozondi, ular bir-birlarini sevib qoldi, hattoki to`y qilishni ham rejalashtirdi. Ammo Emmaning ammasi mashhur yulduz Juliya Roberts jiyanining tanlovini ma`qullamadi. Shunga qaramay, ular uch yil birga bo`lishdi va ajrashib ketishdi.
Anjelina Joli va Bred Pitt, «Janob Smit va Smit xonim»
Bu ikki mashhur Gollivud yulduzlarini muhokama qilmagan matbuot nashri qolmadi desak, mubolag`a qilmagan bo`lamiz. Bu juftlik «Janob Smit va Smit xonim» filmi s`yomkasi jarayonida tanishishgan. Bu paytda Bred Pitt Jennifer Enistonga uylangan edi. Aktyorlar o`zlari haqidagi mish-mishlarga e`tibor berishmadi. Film premerasidan keyin ko`p o`tmay. Bred Pitt Eniston bilan ajrashib, Anjelinaga uylandi. Jenifferning muxlislari Anjelinadan uning oilasini buzganligi uchun norozi bo`lishdi. Ammo Bred har doim sevgilisining yonini oldi. U Anjelinani og`ir damlarida onasining vafotida, saraton bilan kasallanganida boshidan o`tkazgan jarrohlik operasiyasida ham doimo qo`llab-quvvatladi. Hozir juftlikning olti nafar bolasi bor. Bir yil muqaddam ular uzoq kutilgan nikoh marosimini o`tkazishdi.
Jonni Depp va Ember Xerd, «Romli kundalik»
Gollivudning bosh qaroqchisi Jonni Deppning yosh aktrisa Ember Xerd bilan bo`lgan ishqiy munosabati ko`pchilik muxlislarning hafsalasini pir qildi. Namunali oila boshlig`i va malla soch qiz «Romli kundalik» filmi s`yomkasi jarayonida tanishishdi. Ularning orasida yigirma ikki yosh farq bo`lishiga qaramay, ular bir-birlarini sevib qolishdi. Yosh mahbubasi tufayli Jonni Depp ikki bolasi bo`lishiga qaramay, o`n to`rt yillik xotini Vanessa Paradi bilan ajrashib ketdi. Jonni Emberga qimmatbaho sovg`alar hadya qilishdan to`xtamaydi, ular to`yni fevral oyida o`tkazishni rejalashtirishgan.
Jennifer Garner va Ben Afflek, «Baloyi azim»
Taqdir bu aktyorlarni bir necha marta uchrashtirdi. Ilk marotaba Ben Afflek va Jennifer Garner Perl Xarbor filmi, keyinchalik «Baloyi azim» filmi s`yomkasi jarayonida uchrashishdi. Ammo ular bir yildan so`ng yashirincha uchrasha boshlashdi va oradan ikki yil o`tib, turmush qurishdi. Garnerning Bendan homiladorligi tufayli ularning to`yi hech qanday shov-shuvga sabab bo`lmadi. Ular turmushlari davomida uch farzandli bo`lishdi. Ammo farzandlar ularning baxtli turmushlariga sababchi bo`lisholmadi, shu yil yozda Afflek va Garner ajrashib ketishdi. Ajrimga Benning bolalarining enagasi bilan bo`lgan ishqiy mojarosi sabab bo`ldi.
Jessi Ayzenberg va Mia Vasikovska, «O`xshash chehralar»
Bu juftlik «O`xshash chehralar» filmi s`yomkasi jarayonida tanishgan. Jessi Ayzenberg «Ijtimoiy tarmoq» filmi uchun «Oskar» va «Oltin globus» mukofotlariga da`vogarlik qildi. Nozikkina Mia Vasikovska o`zining unga bo`lgan muhabbatini yashirmadi, u bir necha marotaba suratchilarning nishoniga aylandi. Oralaridagi farq olti yosh bo`lishiga qaramay, sevishganlar baxtli hayot kechirishmoqda.
Xaver Bardem va Penelopa Krus, «Viki Kristina Barselona»
Gollivudning mashhur va g`aroyib juftliklaridan biri bundan o`n besh yillar ilgari tanishishgan bo`lsa-da, munosabatlarini ommadan sir tutishdi. Bu juftlik bir qancha s`yomka maydonlarida to`qnashishgan bo`lsa-da, «Viki Kristina Barselona» filmi ularning taqdirida muhim burilish yasadi. Aynan shu film s`yomkasi jarayonida ularning orasidagi do`stlik muhabbatga darajasiga ko`tarildi. Penelopa jinni ayol obrazini yaratishda qiynalgani bois, Bardem unga qo`lidan kelgancha yordam berdi. U o`z vazifasini a`lo darajada bajardi. Penelopa bu roli uchun Oskor mukofotini qo`lga kiritdi. Ular oralarida do`stlikdan boshqa hech nima yo`qligini ta`kidlashgan bo`lsa-da, ko`p o`tmay, turmush qurishdi. Hozir bu juftlikning ikki farzandi bor va ular baxtli hayot kechirishmoqda.
Anna Pakuin va Stiven Moyer, «Asl nasl-nasab»
Aktyorlar Anna Pakuin va Stiven Moyerlar baxtli turmushlari uchun «Asl nasl-nasab» serialidan minnatdor bo`lishlari lozim. Aynan shu film orqali ular bir-birini topishgan. Intervyulardan birida Stiven ular orasidagi muhabbat serial s`yomkasidan oldin, repetisiya jarayonlarida dunyoga kelganini ta`kidlagandi.
Qonxo`r vampirlar haqidagi serial o`z muxlislarini topgan sari ular orasidagi sevgi ham kuchayib bordi. Balki filmning mashhurligini aynan ularning ishq-muhabbati ta`minlagandir? Hozirda bu juftlik baxtli oila sohib va sohibalari bo`lib, ikki farzandni voyaga etkazishmoqda.
Manba: www.wday.ru