AsosiySUG'DIYONA

Avstraliyalik ayol 5 egizakni 2 daqiqada dunyoga keltirdi

Avstraliyaning Pert shahrida yashovchi Kim Tuchchi ikki daqiqada besh nafar egizakni dunyoga keltirdi.

Kimning egizaklardan tashqari yana uch nafar-ikki qiz va o`g`il farzandlari bor. Kim va uning turmush o`rtog`i yana bir o`qil farzand ko`rish istagida edi. Ammo shifokorlar ularga tug`ilajak farzand egizaklar ekanligini aytgan.

“Men egizak farzand ko`rishimni eshitib, xursand bo`ldim. Aslida esa bunday bo`lishini kutmagandim”,- deydi Tuchchi.

Erin Xoskins ismli fotograf Kimning suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylab uni “Haqiqiy ma`buda” deb atadi. Suratlar chop etilgan paytda u homilasi 24 haftalik edi. Shundan so`ng u internet foydalanuvchilari qalbini zabt etdi. 60 imngdan ortiq kishi Kimning suratlariga “Layk” bosgan.

Oilada besh nafar farzand dunyoga kelishi UZI tadqiqotlaridan so`ng ma`lum bo`lgan. Ayol bolalarning salomatligiga amin bo`lish uchun mazkur tadqiqotni o`tkazgan, shifokor esa unga besh nafar farzand kutayotganini ma`lum qilgan.

Tuchchi bu xabardan hayratini yashirolmay, kulib yuborgan. Tabiiyki, ayol homiladorlik vaqtida ayrim qiyinchiliklarga duch keldi. Jumladan, muntazam uni qiynagan jig`ildon qaynashiga qaramay, bolalarni ozuqaviy moddalar bilan ta`minlash uchun bir kunda 6 ming kaloriyali ovqat iste`mol qilgani,beldagi qattiq og`riqlar uni tinimsiz bezovta qilganini aytib o`tgan.

U bunday noqulayliklar to`g`risida o`zining ijtiomiy tarmoqlardagi sahifasida ma`lum qildi. Shunday qilib, 2016 yil 28 yanvar kuni homiladorlikning 30-haftasida u to`rt qiz va bir o`g`il hammasi bo`lib besh egizakni dunyoga keltirdi. Bu haqda Kim uni kuzatib borayotgan minglab foydalanuvchilarni o`z blogi orqali xabardor etdi. Uning so`zlariga ko`ra, hozirda o`zi va farzandlari Tiffani (1170 gramm), Penelopa (1160 gramm), Beatriks (1210 gramm), Elli (1200 gramm) hamda Keyt (1269 gramm)ning salomatligi a`lo darajada. Kim o`z shifokori va King Edward Memorial Hospital shifoxonasi tibbiyot xodimlari guruhiga “istisno holdagi tug`ruq” uchun minnatdorchilik bildirgan. Ayol besh nafar egizakni ikki daqiqa ichida dunyoga keltirgani aytilmoqda.

Kim Tuchchi 26 yoshida sakkiz nafar farzandning onasiga aylandi.

    Boshqa yangiliklar