Qozog`istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboev o`zining nabirasi Oysultan o`limiga izoh berdi. Elboshi bu haqda «Portretga chizgilar» hujjatli filmining uchinchi qismida so`zlagan.
«Uch nafar qizimdan ajoyib nabiralarim bor. Afsuski, shu yili (2020 y.) nabiralarimdan birini yo`qotib qo`ydik, u juda menga o`xshardi. Nabiram dunyoni juda erta tark etganidan qattiq afsuslanaman», — degan Nazarboev.
U shuningdek, Oysulton turli davlatlarda giyohvandlikka qarshi davolanganini aytib o`tgan.
«Uni hech qaerga yubormaslik mumkin edi, ammo ushlab turishning imkoni yo`q edi. U bu ishning quliga aylanib ulgurgandi, to`xtata olmasdi o`zini. Biz uni Moskvada davolatdik, Londonda davolatdik. Bir qarashda bu ishdan uzoqlashgandek bo`lardiyu, yana qaytardi», - deya qo`shimcha qilgan Elboshi.






