Toshkent shahridagi “Xalqlar do`stligi” san`at saroyi oldidagi maydonda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Kim Vatanga sodiq bo`lsa, mendirman o`sha!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali poytaxtimiz mehmonlari, aholisi va o`quvchi yoshlarni qamrab olmoqda. Unda jangovar texnikalar, qurol-aslahalar, aloqa vositalari ko`rgazmasi tashkil etilgan.
Tadbirdan harbiylar, el suygan san`atkorlar tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qo`shiqlardan iborat badiiy qism ham o`rin olgan.
Tadbir dasturidan:
- O`zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari, O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O`zbekiston Respublikasi DXX Chegara qo`shinlari harbiy orkestrlarining musiqiy chiqishlari;
- harbiy xizmatchilarning qo`l jangi va qurol bilan saf mashqlarini bajarish bo`yicha ko`rgazmali chiqishlari va tarixiy jang san`ati ko`rinishlari namoyishi;
- kinolog mutaxassislarning ko`rgazmali chiqishlari;
- festivalga tashrif buyuruvchilarni zamonaviy harbiy texnika va qurol-aslahalar, aloqa vositalari bilan tanishtirish va boshqa qiziqarli tomoshalar o`rin olgan.
14 yanvar kuni kun davomida davom etadigan ushbu tadbirga tashrif buyuring va zavq oling.
Quyida taqdim etilayotgan fotoreportja esa mazkur qiziqarli ko`rgazmalardan iborat tadbir haqida yanada aniqroq tasavvur uyg`otsa ajabmas...






Barno MADALIEVA, Jamshid JOVBO`RIEV, darakchi.uz uchun maxsus tayyorlandi






