Tadbirkorlarga 1 martdan yo`llarga fotoradar va boshqa texnik vositalar o`rnatishga ruxsat beriladi. Bu haqda Dunyo AA xabar bermoqda.
Tadbirkorlar hujjat bilan registratorlar o`rnatiladigan joylarni elektron auksion savdolari orqali oladi. Elektron auksion savdolarida g`olib bo`lgan tadbirkorlarga bunday joylar cheklanmagan muddatga va boshqa tadbirkorga o`tkazish huquqi bilan biriktiriladi.
Joylarning minimal qiymati esa IIV va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.