AsosiyDunyo

Qaysi davlat rahbarining Telegram kanali eng ko`p obunachiga ega?

'Qaysi davlat rahbarining Telegram kanali eng ko`p obunachiga ega?'ning rasmi

Telegram asoschisi Pavel Durov o`zining shaxsiy blogiga joylashtirgan so`nggi xabaridan keyin Telegramga yangi foydalanuvchilarning kirib kelishi tezlashganini yozdi

 Durovning yozishicha, ikkita prezident ham o`zining shaxsiy Telegram kanalini ochgan:

Braziliya Prezidenti - @jairbolsonarobrasil

Turkiya Prezidenti - @RTErdogan

Ular Telegram platformasida mavjud bo`lgan quyidagi davlat rahbarlarining ro`yxatiga qo`shildi:

Meksika Prezidenti - @PresidenteAMLO

Fransiya Prezidenti - @emmanuelmacron

Singapur Bosh vaziri - @leehsienloong

Ukraina Prezidenti - @V_Zelenskiy_official

O`zbekiston Prezidenti - @shmirziyoyev

Tayvan Prezidenti - @iingtw

Efiopiya Bosh vaziri - @AbiyAhmedAliofficial

Isroil Bosh vaziri - @bnetanyahu

Siyosiy rahbarlar, shuningdek, ko`plab jamoat tashkilotlarining Telegram-da yolg`on ma`lumotlarga qarshi kurashish va o`z jamiyatlaridagi muhim masalalar to`g`risida xabarlarni tarqatishda bizning platformadan foydalanayotgani biz uchun sharafdir, deydi Pavel.

Shuningdek, Maps&Data kanalining ma`lumotiga ko`ra, eng ko`p obunachisi bo`lgan Telegram-kanaliga ega davlat rahbari Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru hisoblanadi. Uning kanalidagi obunachilar soni 263 ming nafarni tashkil etadi. Undan keyingi o`rinda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`anning kanali bo`lib, obunachilar soni 234 ming nafar. O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning rasmiy Telegram-kanalidagi obunachilar soni 193 ming nafar bo`lib, kanal obunachilari soni bo`yicha uchinchi o`rinni egallab turibdi.

    Boshqa yangiliklar