2021 yil 15 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Unda deputatlar O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo`yicha vakilini (ombudsmanni) saylash to`g`risidagi masalani ko`rib chiqdilar.
O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 78-moddasi 16-bandi va “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson xuquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) to`g`risida”gi Qonunning 3-moddasiga asosan Feruza Eshmatovani Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) lavozimiga saylash tavsiya etildi. Majlisda deputatlar savol-javob, muhokamalardan so`ng Feruza Eshmatova nomzodini O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo`yicha vakili (ombudsman) lavozimiga sayladilar.






