AsosiyJamiyat

“Tadbirkorning qo`lini qayirib” degan jumla noto`g`ri talqin qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video bo`yicha Tergov departamenti rasmiy ma`lumot berdi

'“Tadbirkorning qo`lini qayirib” degan jumla noto`g`ri talqin qilingan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video bo`yicha Tergov departamenti rasmiy ma`lumot berdi'ning rasmi

Telegram ijtimoiy tarmog`ida “Dahshat. Namanganda tadbirkorning qo`lini qayirib, ketidan tepib mashinaga solishdi” nomli video va foto maqola tarqaldi. Holat yuzasidan Tergov departamenti rasmiy ma`lumot berdi.

Xabarda aytilishicha, 2020 yilning 17 dekabr kuni soat 13:00 da 48 yoshli Tursunpo`lat I., Namangan shahar Soxil MFY hududida joylashgan qurilish ob`ektida ishchi sifatida ishlayotgan vaqtida Namangan viloyati hokimligi ishchi guruhi tarkibida noqonuniy qurib olingan binolarni buzish jarayonida ishtirok etayotgan 28 yoshli Ximoyiddin U., bilan og`zaki tortishib, uni shaharsozlik norma talablariga zid ravishda noqonuniy qurilayotgan binoni buzish haqidagi talabiga bo`ysunmasdan, uyatli so`zlar bilan haqorat qilib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, qo`li bilan yuziga urib, tan jarohati etkazganligi aniqlangan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida, fuqaro Ximoyiddin U., ning badanida aniqlangan jarohatlari “o`rtacha og`ir” tan jarohatlari ekanligi ko`rsatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan 2020 yilning 29 dekabr kuni Namangan shahri bo`yicha IIO FMB 1-sonli IIB Tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “a” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda jinoyat ishi bo`yicha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, O`zbekiston Respublikasining Ichki ishlar organlari to`g`risidagi Qonunining 22-moddasida ko`ra, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qanday hollarda jismoniy kuch ishlatilishiga ruxsat berilganligi belgilab qo`yilgan.

Agar kuch ishlatilmaydigan usullar ichki ishlar organi xodimining zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishini ta`minlamasa, u quyidagi hollarda shaxsan o`zi yoki bo`linma (guruh) tarkibida jismoniy kuch ishlatish, shu jumladan kurashning jang usullarini qo`llash huquqiga ega bo`ladi:

  • jinoyatlarga va ma`muriy huquqbuzarliklarga chek qo`yish uchun;
  • jinoyatlar yoki ma`muriy huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslarni eng yaqindagi ichki ishlar organiga yoxud huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organga olib borish va bu shaxslarni ushlab turish uchun;
  • ichki ishlar organi xodimining qonuniy talablariga qarshilik ko`rsatilishini bartaraf etish uchun;

Ichki ishlar organi xodimi ushbu Qonunda maxsus vositalar yoki o`qotar qurol qo`llanilishiga ruxsat etilgan hollarda ham jismoniy kuch ishlatish huquqiga ega.

Bundan tashqari, yuqoridagi video maqolada “tadbirkorning qo`lini qayirib” degan jumla noto`g`ri talqin qilingan bo`lib, IIB xodimlari jismoniy kuch ishlatib, kurash usullarini qo`llagan fuqaro ya`ni Tursunpo`lat I., tadbirkor emasligi, balki qurilishda ishlayotgan ishchi ekanligi aniqlangan. 

Boshqa yangiliklar