AsosiyDunyo

Falastinda 15 yillik tanaffusdan so`ng ilk bor prezidentlik saylovlari o`tkaziladi

'Falastinda 15 yillik tanaffusdan so`ng ilk bor prezidentlik saylovlari o`tkaziladi'ning rasmi

Falastinda 15 yil ichida ilk bor prezidentlik va parlament saylovlari bo`lib o`tadi. Parlament saylovlari 22 mayga, prezident saylovlari esa 31 iyulga belgilangan deya xabar bermoqda Korrespondent.net.

Mamlakatning amaldagi Prezidenti Mahmud Abbos "demokratik saylov jarayonini" boshlashni buyurdi.

"Prezident saylov komissiyasi va barcha davlat apparatlariga o`z mamlakatining barcha shaharlarida demokratik saylov jarayonini boshlash to`g`risida ko`rsatma berdi", deyiladi xabarda.

O`z navbatida, Reuters yozishicha amaldagi prezident "shu tariqa uzoq yillik ichki tafovutlarni yo`q qilmoqchi".

Eslatib o`tamiz, Falastin Isroil bilan munosabatlarni tiklaydi. O`z navbatida, Isroil Falastin bilan yarashish zarurligini e`lon qildi va turli sohalarda hamkorlikning ko`plab istiqbollariga ishora qildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar