Butun er yuzidagi insonlar 2 toifaga bo`linadi: Birinchi toifaga mansub kishilar shirinlikni xush ko`radi. Ikkinchi toifaga kiruvchilar esa shirinliklarsiz hayotini tasavvur ham qilolmaydi. Demak, xazilomuz statistikamizdan ma`lumki, barchamiz shirinliklarni yaxshi ko`ramiz. Ammo, ortiqcha vazn orttirishdan qo`rqqanimiz bois hamma vaqt ham shirinliklarni maza qilib iste`mol qila olmaymiz. Quyida keltirib o`tadigan shirinliklar reseptlaridan foydalanib, ulardan bemalol bahramand bo`lishimiz mumkin. Chunki bu shirinliklarga un va shakar qo`shilmaydi, shuning uchun ham ortiqcha vazn haqidagi havotirlarga o`rin yo`q!
Apelsin qobig`i, mayiz va asalli konfet
Kerakli mahsulotlar:
1 stakan mayiz
1 stakan yong`oq
1 ta apelsin qobig`i
2 osh qoshiq asal
Kunjut, kokos qirindisi yoki kakao kukuni
Tayyorlash jarayoni:
Blendrda yong`oqni maydalab olamiz. So`ng uni aralashtirishga qulay bo`lgan chuqurroq idishga solamiz. Apelsin po`stini qirg`ichning mayda ko`zidan chiqarib olamiz. Mayizni maydalaymiz. Uning ustiga apelsin po`sti va asal solib, hammasini aralashtiramiz. So`ng hosil bo`lgan massaga yong`oqni solib, yana aralashtiramiz. Qo`limizni biroz namlab, tayyor massadan aylanasimon konfetlar yasaymiz. Tayyor konfetlarni hoxishingizga qarab, kakao kukuni yoki kunjut bilan bezatishingiz mumkin. Konfetlarni muzlatgichga 2-3 soatga qo`yib qo`yamiz.
Maslahat: Yong`oq yanada mazali bo`lishi uchun uni tovada qizarguncha qovurib olish tavsiya etiladi.
Yogurt va mevali salat
Kerakli mahsulotlar:
2 dona banan
1 dona kattaroq apelsin
1 ta kivi
1 ta xurmo
2 ta shirin olma
yogurt
1 osh qoshiq limon sharbati
Bezak uchun yalpiz barglari
Tayyorlanish jarayoni:
Hamma mevalarni yuvib, tozalab, ularni po`stlog`idan tozalaymiz. So`ng mevalarni kub shaklida to`g`raymiz. Olmani boshqa mevalar bilan aralashtirishdan oldin limon sharbati bilan aralashtirib olamiz. So`ng mevalarni rang –barang tog` shaklida terib chiqamiz, ustidan yogurt quyamiz. Tayyor salatni yalpiz barglari bilan bezatamiz.
Maslahat: Salatga bayramona tus berish uchun uni rangsiz, shaffof idishda dasturxonga torting!
Multivarkada tayyorlangan bodroq
Kerakli mahsulotlar:
200 gram tozalangan pista
4 osh qoshiq asal
Tayyorlanish jarayoni:
Bodroqlarni qaysi shaklda tayyorlamoqchi ekanligingizni oldindan aniqlab oling. Tekis likobchaga pergament qog`ozini qo`yib, uni engil namlaymiz. Multivarkadagi “pishiriq” funksiyasini yoqamiz va unga asalni qo`yamiz. Asal suyuqlashgunga qadar aralashtirib turamiz. Shundan so`ng uning ustiga pistani ham qo`shib, 15 daqiqa davomida aralashtirib turamiz.
Issiq aralashmani likopchaga solib, to`g`irlaymiz. Bodroq qotib qolmaguncha, uni kesilishi oson bo`lishi uchun biroz bo`lib chiqamiz.
Yarim soatdan keyin mazali bodroqlarni dasturxonga tortsangiz bo`ladi!
Maslahat: Bodroqlar yanada mazali bo`lishi uchun pistani bo`sh multivarkada biroz qovurib oling.
Bodom va olmali rulet
1 kilogramm olma
15 gramm jelatin
3 ta tuxum oqi
5 ta tuxum
225 ml suv
110 gramm asal xamir uchun,75 gramm — nachinka uchun
140 gramm tozalangan bodom.
Tayyorlanish jarayoni:
Olmani po`stidan tozalaymiz. Maydalaymiz va mikroto`lqinli pechda 5 daqiqa yumshatib olamiz.
Jelatinni sovuq suvga qo`shib, gazga qo`yamiz va qaynoq holga keltiramiz. Bu massa xona haroratida sovishi kerak. Yumshagan olmani blendrda maydalab olamiz. So`ng uning ustiga navbat bilan jelatin, asal, uchta tuxumni qo`shib, aralashtiramiz.
Nachinka qotishi uchun uni bir soatga muzlatgichda qoldiramiz.
Kofemaydaligich yordamida bodomni maydalab, un holiga keltiramiz.
5 ta tuxumning oqini sarig`idan ajratib olamiz. Tuxum sarig`iga asal qo`shib ko`pirtiramiz. Massaga bodom unini qo`shamiz. Tuxum oqini alohida bir chimdim tuz bilan aralashtiramiz. Shundan so`ng ularni hammasini aralashtiramiz. Xamir yumshoq bo`lishi kerak. Duxovkani qizdirib, pergament qog`ozi ustiga tayyor xamirni qo`yib, 190 darajada 10-12 daqiqa pishiramiz.
Pishgan xamirni olib, sochiqqa o`rab, ehtiyotkorlik bilan qog`ozdan ajratamiz.
Nachinkani rulet ichiga surtib chiqamiz. Tayyor ruletni muzlatgichga qo`yib qo`yamiz.
Maslahat: Bodomni po`stlog`idan oson tozalash uchun, uni oldindan 10 daqiqa iliq suvda ivitib qo`ying.
Asal, shakar va unsiz shokoladli tort
Kerakli masalliqlar:
Korj uchun:
“Dr Oetker” pudingidan 4 osh qoshiq
6 ta tuxum
4 choy qoshiq razrxlitel
Bir chimdim tuz
Shakar o`rnini bosuvchi
Krem uchun:
400–500 gramm yumshoq, yog`siz tvorog.
50 ml yog`siz sut yoki yogurt
Biroz vanilin
Shakar o`rnini bosuvchi
Glazur uchun:
2 ta tuxum sarig`i
1 choy qoshiq yog`siz kakao
1 osh qoshiq quruq yog`siz sut
1 osh qoshiq tvorog
Shakar o`rnini bosuvchi
Tayyorlash usuli:
Tuxum sarig`ini oqidan ajratib olamiz va qolgan maalliqlar bilan aralashtiramiz. Shakar o`rnini bosuvchi tabletka ko`rinishida bo`lsa, ularni ezib, kukun xoliga keltiramiz.
Tuxum oqini tuz bilan quyuq massaga aylangunga qadar aralashtiramiz. Tayyor massani asosiy massa bilan aralashtiramiz. Suyuq xamirni qolipga solib, 180 darajada qizdirilgan duxovkada 30 daqiqa pishiramiz. Korjning pishgan pishmaganini yog`och tayoqcha yordamida tekshirib ko`ramiz. So`ng uni ikkiga bo`lamiz.
Krem uchun kerakli masalliqlarning hammasini aralashtiramiz. Kremni tort o`rtasiga surtib chiqamiz. Glazur uchun kerakli masalliqlarni ham aralashtirib, tort ustini glazur bilan bezatamiz. Tort yanada mazali chiqishi uchun uni muzlatgichda tindiramiz.
Maslahat: Bu reseptda shakar va asal o`rniga shakar o`rnini bosuvchidan foydalanish tavsiya etilgan. Sizga shakar o`rnini bosuvchi qanday ta`sir qilishini bilmasangiz, shakardan foydalanganingiz ma`qul.
Manba: AdMe.ru