1

Ma`naviyat va ijodni qo`llab-quvvatlash fondi tashkil etiladi

Siyosat 19.01.2021, 20:58
Ma`naviyat va ijodni qo`llab-quvvatlash fondi tashkil etiladi

Avval xabar berganimizdek, Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida ma`naviy-ma`rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.

Yig'ilishda Prezident milliy g`oya targ`iboti, ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirish, jamiyatda adabiyot va kitobxonlikni yanada rivojlantirish maqsadida “Ijod” jamoat fondi negizida Ma`naviyat va ijodni qo`llab-quvvatlash fondi tashkil etilishi qayd etdi.

Bu jamg`armaga 120 milliard so`m ajratilib, ma`naviy-ma`rifiy tarbiya va targ`ibot-tashviqot ishlarini samarali amalga oshirish, milliy adabiyotimizni rivojlantirish uchun sarflanadi. Bu mablag`ning 90 milliard so`mi hududlarda ma`naviy-ma`rifiy sohalarni rivojlantirishga, 20 milliard so`mi Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini qo`llab-quvvatlashga, 10 milliard so`mi mamlakat miqyosida ma`naviy-ma`rifiy ishlarni samarali tashkil qilishga yo`naltiriladi.

Shu yildan boshlab, ma`naviyat va ma`rifat sohasi ixtisosliklarini fanlar klassifikatoriga kiritish, bu yo`nalish bo`yicha etuk kadrlar tayyorlash bo`yicha topshiriqlar berildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1