1

Shavkat Mirziyoev ayrim telekanallardagi ko`rsatuv va seriallar saviyasini tanqid qildi

Siyosat 19.01.2021, 22:26
Shavkat Mirziyoev ayrim telekanallardagi ko`rsatuv va seriallar saviyasini tanqid qildi

O`zbek telekanallarida efirga uzatilayotgan aksariyat loyihalar yoshlar tarbiyasini buzish va oilaviy qadriyatlarni izdan chiqarishga sabab bo`lmoqda. Bu haqda 19 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o`tkazilgan videoselektor yig`ilishida so`z bordi.

«Bugun ayrim telekanallarimizda namoyish etilayotgan ko`rsatuvlar, ko`ngilochar dastur va seriallarning ma`naviy-axloqiy saviyasi odamlarning haqli e`tirozlariga sabab bo`lyapti. Ularning aksariyati yoshlarimizning ma`naviyatini yuksaltirish o`rniga, tarbiyasini buzish, oilaviy qadriyatlarimiz va axloqiy qarashlarimizni izdan chiqarishga sabab bo`lmoqda. Bu – achchiq haqiqat.

Telekanallar qoshidagi badiiy kengashlar qayoqqa qarayapti? Ular qaysi mezonlar asosida ish ko`ryapti?», – dedi Prezident.

Davlat rahbari Milliy teleradiokompaniya, «O`zbekkino» milliy agentligi, Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, Ma`naviyat markazi rahbarlariga ikki oy muddatda barcha telekanallar qoshidagi badiiy kengashlar faoliyatini tanqidiy tahlil qilib, ularning nizomini qayta ko`rib chiqish bo`yicha topshiriq berdi.

«Kerak bo`lsa, bu boradagi mavjud qonunchilikni ham takomillashtirish kerak», – dedi Shavkat Mirziyoev.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1