1

Dunyoda COVID-19 kasalligi qayd etilishi va undan o`lim ko`rsatkichlari pastladi

Dunyo 20.01.2021, 13:33
Teglar: koronavirus, JSST, Sog`liqni saqlash vaziri
Dunyoda COVID-19 kasalligi qayd etilishi va undan o`lim ko`rsatkichlari pastladi

Kecha, 19 yanvar kuni dunyoda COVID-19 kasalligi qayd etilishi va undan o`lim ko`rsatkichlari nisbatan past bo`ldi deya xabar bermoqda JSST ma`lumotlariga tayanib Sog`liqni saqlash vazirligi.

Dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 94 million 124 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 034 mingdan ziyod kishi vafot etgan (20.01.2021 yil Evropa vaqti bilan soat 18:44 holatiga ko`ra).  Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 312 202 yangi holati aniqlandi, 8 316 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (20.01.2021 yil Toshkent vaqti bilan soat 10:21 holati) ma`lumotlariga ko`ra, dunyoda kasallikni 96 million 158 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 056 mingdan ortig`i vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar bo`yicha AQSh birinchi o`rinda turibdi, u erda JSST ma`lumotlariga ko`ra 23,556 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi o`rinda Hindiston (10,581 milliondan ortiq), uchinchi o`rinda Braziliya (8,488 milliondan ortiq), to`rtinchi o`rinda Rossiya (3,612 milliondan ortiq), beshinchi o`rinda esa Buyuk Britaniya (3,433 milliondan ortiq).

Sharhlar

Sakkiz haftadan buyon dunyoda COVID-19 dan o`lim ko`rsatkichlari ortmoqda — JSST

25.01.2023, 11:28

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Gebreyesus 2022 yilning dekabr oyidan buyon dunyoda koronavirus qurbonlari soni ortib borayotganini ma`lum qildi. Bu haqda SSV matbuot...
Koronavirusga qarshi vaksinalarning buster dozasi insult xavfini keltirib chiqarmaydi — JSST 

23.01.2023, 11:20

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining immunizasiya va vaksinasiya masalalari bo`yicha direktori Keyt O’Brayen koronavirusga qarshi emlash vositalari samaradorligi va xavfsizligi haqida bayonot berdi. Bu haqda SSV...
Dunyo bo`ylab kasallanishning yangi to`lqini kutilmoqda — JSST

05.01.2023, 11:00

Jahon sog`liqni saqlash tashkilotining ma`lum qilishicha, “omikron” shtammining yangi XBB.1.5 subvarianti 29 mamlakatda ro`yxatga olindi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, bu...
⚡️Xitoyda bir kunda 37 millionga yaqin odam COVID-19 bilan kasallandi

23.12.2022, 20:25

20 dekabr kuni bir kunda Xitoyda 37 million kishi koronavirus bilan kasallandi. Bu haqda Bloomberg agentligi Xitoy sog`liqni saqlash milliy komissiyasining yopiq yig`ilishiga tayanib xabar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1