USA Today gazetasining bergan xabariga ko`ra, Amerika razvedkasi DAISh jangarilarining umumiy sonini aniqlagan.
Maxsus xizmatning xabar berishicha, ayni paytda “xalifat”da qurollangan 25 mingga yaqin jangari mavjud. Razvedkachilar o`tgan yili ular 19 mingdan 31 ming kishiga yaqin bo`lganligini, havo bombardionidan so`ng esa 28 ming jangari halok bo`lganligini bildirishgan.
Mutaxassislarning fikricha, ular halok bo`lgan jangchilarning o`rnini zo`rlik bilan guruhga jalb etilgan yangi odamlar bilan to`ldirmoqda va ularni son jihatdan kamayishiga yo`l qo`ymayapti.
“Ko`ngillilar ularning ehtiyojini qondira olmayotgani sababli, ular zo`rlik va kuch ishlatish yo`li bilan odamlarni o`z saflariga qo`shmoqdalar. Shunga qaramay, terrorchilarning ilgarigi jangovor ruhi ancha so`ngan”, – dedi Amerikaning DAIShga qarshi kurashuvchi koalisiya vakili Stiv Uorren.