Instagram ijtimoiy tarmog`idagi xijobdagi Barbining suratlari juda mashhur bo`ldi, deya xabar beradi “Lenta.ru”.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifa yaratuvchisi nigeriyalik Hanifa Adamning fikricha, Barbining bunday qiyofada tasvirlanishidan maqsad musulmon qizlarini ularning hech kimdan kam emasligiga, qo`g`irchoq ularga o`xshashligiga ishontirishdir.

Hanifa Adamning aytishicha, Barbining fotosessiyasi uchun kiyimlarni shaxsan uning o`zi tikadi. Ko`pchilikning talab-istagiga ko`ra, kiyimlarni onlayn tarzda sotish yo`lga qo`yiladi.
“Xijob men uchun kamtarlik ramzidir. U yana boshimda toj vazifasini o`taydigan diniy aksessuar hamdir”, — deya izoh berdi Hanifa. @Hijarbie sahifasi tashkil etilgan bir yarim oydan beri unga sakkiz mingga yaqin kishi a`zo bo`lgan.
Barbi qo`g`irchog`i ilk marotaba 1959 yilda AQShning Viskonsin shtatida ishlab chiqarilgan. Uni Mattel kompaniyasi asoschilari Rut va Elliot Xendlerlar o`ylab topishgan. Barbining to`liq nomi — Barbara Millisent Robertsdir.





