"Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi 2021yil 2, 9, 16 va 23 fevral kunlari Qozondan Toshkentga charter qatnovlarini amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya o`zining veb-sahifasida ma`lum qildi.
O`zbekistonga Rossiya Federasiyasining shaharlaridan PZR-testdan (qatnov jo`nashidan 72 soat ichida amalga oshirilgan) o`tganligi to`g`risidagi ma`lumotnomani taqdim etilgan va O`zbekiston Respublikasi viza rejimiga rioya qilingan holda parvoz qilishga ruxsat etiladi. PZR ma`lumotnomasiga ega bo`lmagan yo`lovchilar aviakompaniyaning qatnovlariga qo`yilmaydi.
Aviachiptalarni kompaniyaning veb-saytida, yoki agentlarning ofislarida sotib olish mumkin!






