1

Britaniyalik erkak quvvatlanayotgan iPhone`ning portlab ketishi oqibatida vafot etdi

Dunyo 05.02.2016, 21:57
Britaniyalik erkak quvvatlanayotgan iPhone`ning portlab ketishi oqibatida vafot etdi

Buyuk Britaniyalik erkak tunda quvvatlantirishga qo`ygan ayfonining portlab ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Vesti” nashri  xabar bermoqda.

Mobil uskuna qizib ketgan va yona boshlagan. Kasallik tufayli to`shakka mixlanib qolgan erkak yaqinlarini yordamga chaqirishga ham ulgurmay, tutundan bo`g`ilib vafot etgan.

Ma`lumotlarga ko`ra, 53 yoshli Marek Kryuger bosh miya saratoniga chalingani sababli so`nggi ikki-uch yil ichida harakatsizlanib qolgan edi. U o`z iPhone`ni har doim qo`l ostida saqlardi. Uskuna yordamida Kryuger internet do`konlardan kerakli narsalarni xarid qilar edi.  

Kryugerning tanasi 64 foiz kuyib ketishiga sabab bo`lgan mazkur hodisa aslida o`tgan yilning avgust oyida sodir bo`lgan edi. O`lim holati bo`yicha tergov-surishtiruv ishlari  hozirga kelib, o`z nihoyasiga etdi.

Ekspretiza natijasida ma`lum bo`ldiki, ayfon batareyasi qizib ketishi natijasida yonib ketgan. Gadjet Kryugerning ko`rpasiga yaqin joyda turgani uchun olov tezda uyning katta qismini qamrab olgan.

Bu smartfonlar portlashi oqibatida yuz bergan birinchi o`lim holati emas. Ko`pincha gadjetlarning qizib ketishi yoki qalbaki quvvatlantiruvchi uskunadan foydalanish oqibatida tok urishi kabi holatlar uchrab turadi.

 

 

 

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1