1

O`zbekiston va Janubiy Koreya Prezidentlarining onlayn-sammiti bo`lib o`tadi

Siyosat 27.01.2021, 20:03
O`zbekiston va Janubiy Koreya Prezidentlarining onlayn-sammiti bo`lib o`tadi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In oliy darajada ilgari erishilgan kelishuvlarga muvofiq 28 yanvar kuni videoanjuman shaklida uchrashuv o`tkazadi.

Muzokaralarning kun tartibidan ikki tomonlama alohida strategik sheriklik munosabatlarini, mintaqaviy hamkorlik va mamlakatlarimizning xalqaro tashkilotlar doirasidagi sherikligini rivojlantirishga doir dolzarb masalalar o`rin olgan.

O`zbekiston va Koreya etakchilari siyosiy muloqotning bugungi holati va uni mustahkamlash istiqbollarini, savdo, investisiyalar, innovasiyalar, sanoat va energetika, qishloq xo`jaligi, sog`liqni saqlash, ta`lim va madaniy almashinuv sohalarida aniq loyiha va dasturlarni amalga oshirish masalalarini tahlil qiladilar.

Bo`lajak muloqotlar va qo`shma tadbirlar rejasi ham ko`rib chiqiladi.

Sammit yakunida raqamli texnologiyalar, loyihalashtirish faoliyati, sog`liqni saqlash va boshqa muhim yo`nalishlarda yangi tashabbuslarni ilgari surish ko`zda tutilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1