AsosiySUG'DIYONA

Feruza Sobitova erkaklarning “yurishini” oqladi...

O`zining hiyonatkor erkaklarning ma`shuqalari obrazlari bilan mashhur bo`lgan aktrisa Feruza Sobitovaning aynan mana shu mavzu yuzasidan fikrlari bilan qiziqdik. Ajablanarlisi, ana shunday rollari bilan muxlislar ko`nglidan joy olgan aktrisa erkaklarning begona ayollar bilan “yurishini” oqlara ekan. Avvaliga tushunmadik, uning fikrlarini tinglagach esa... Xullas suxbatni o`zingiz o`qib ko`ring.

-  Feruza, sizningcha qanday erkaklar xiyonatga qodir?

-  Bilasizmi, qalban boy odam xiyonat qilmaydi. Razil odamgina xiyonatga qodir. Men esa uchun erkaklarning “chapga yurishi” xiyonat sanalmaydi!

-  Nahotki?!

-  Ha. To`g`ri eshitdingiz. Ajablanmang, negaki u erkaklarning tabiatiga xos oddiy narsa sanaladi. “Yurmaydigan” erkakning o`zi yo`q. Bu qachon xiyonatga kiradi, qachonki u erkak oilasidagi ayolini tashlab qo`ysa, u bilan yangi topgan ayolini deb ajrashishgacha borsa, mana bu xiyonat! Bu mavzuda atrofidagi erkaklarni fikrlarini eshitganman, ularning aksariyati uyidagi ayolini asraydi, ammo “yuradi”. Ba`zi erkaklar ana shunday ishga qo`l urgach, uyidagi ayolini oldida vijdoni qiynalar, qilgan ishidan afsuslanib, turmush o`rtog`iga sevgisi yanada ortar ekan. Unga sovg`a-salomlar olib berib, ko`nglini olishga urinar ekan. “Yurmagan” erkak, erkak emas! (kuladi).

Yodgorbek YuKSAL

    Boshqa yangiliklar