AsosiySUG'DIYONA

Christian Louboutin tuflini burjingizga qarab tanlashni maslahat bermoqda

Christian Louboutin fransuz kompaniyasi burjlarning rasmlari tushirilgan bir qator yangi tufli turlarini ishlab chiqardi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.

Bu tuflilar  faqatgina Moda Operandi  reteylerining onlayn-platformasida sotuvga chiqariladi. Tuflilar bir necha: qora, ko`k, binafsha ranglarda bo`lib, tilla munchoq va marjonlar bilan bezatilgan holda ishlangan. Ularning narxi 2000 dan 2200 AQSh dollarigacha baholanadi. Christian Louboutin fransuz brendiga 1992 yilda asos solingan. 2006 yildan ilk mahsulotlarini ishlab chiqara boshlagan. Ularning dizaynida  Swarovski  sun`iy toshlari, jimjimador to`rlar, ekzotik hayvonlar terisidan foydalanish hollari etakchilik qiladi. Poyabzalning qizil tagcharmi uni boshqa brend tuflilaridan farqlab turadi. U AQShda, Buyuk Britaniya, Belgiya, Niderlandiya, Avstraliya, Fransiya, Norvegiya, Meksika va Rossiyada mahsulot belgisi sifatida ro`yxatdan o`tgan.

 

 

    Boshqa yangiliklar