AsosiyJamiyat

Munozaralarga sabab bo`layotgan poytaxtda barpo etiladigan «Istiqlol» majmuasi yuzasidan bayonot berildi

'Munozaralarga sabab bo`layotgan poytaxtda barpo etiladigan «Istiqlol» majmuasi yuzasidan bayonot berildi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi Mustaqilligimizning 30 yilligiga bag`ishlab barpo etiladigan «Istiqlol» majmuasi bo`yicha tanlov e`lon qilgan edi. Unga ko`ra majmuani barpo etish joyi sifatida Sharof Rashidov, Islom Karimov va Afrosiyob ko`chalari oralig`ida, Markaziy univermag (SUM) qarshisidagi hudud tanlangan. Ushbu tanlov ko`pchilik tomonidan qizg`in munozaralarga sabab bo`layotgan edi.

Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati   holat yuzasidan bayonot berdi.

 « - Maydondagi ko`p yillik manzarali daraxtlarni saqlab qolgan hamda hozirgi xiyobon faoliyatiga ta`sir qilmagan holda yurtimiz tarixi, mustaqillik yillaridagi yutuqlarimiz, milliy o`ziga xosligimizni namoyon etuvchi majmuani barpo etish tanlov shartlarida alohida ko`rsatib o`tilgan.  

Bugundan e`tiboran Toshkent shahar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tomonidan «Istiqlol» majmuasi barpo etilishi belgilangan hududdagi barcha daraxtlar xatlovdan o`tkaziladi va muhofazaga olinadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan majmua loyihasining fotosurati qurilish uchun asos emas. Tanlov e`lon qilinishining sababi ham keng jamoatchilik uchun loyihalarni ochiqlik asosida muhokama qilishga sharoit yaratib berishdan iborat.

Tanlov hay`ati tomonidan ijodkorlarning loyihalaridagi birinchi navbatda maydondagi barcha daraxtlarni saqlagan, insonlar uchun obod muhit va qulay sharoit yaratishga qaratilgan takliflari qabul qilinadi», deyiladi bayonotda.

 

    Boshqa yangiliklar