AsosiySiyosat

Yoshlarga ajratilgan er uchun ular soliq va boshqa xarajatlardan ozod qilinadi

'Yoshlarga ajratilgan er uchun ular soliq va boshqa xarajatlardan ozod qilinadi'ning rasmi

  Prezident Shavkat Mirziyoev Rishton tumanidagi Xalqaro kulolchilik markazini ko`zdan kechirgandan so`ng, bir qator vazirlik va idoralar mas`ullari Farg`ona viloyati aholisining turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan "mahallabay" ishlash tizimi bo`yicha Prezidentga taqdimot qilishdi.  

"Kerak bo`lsa, "mahallabay" emas, uyma-uy yurib "xonadonbay" odamlarning muammolarini o`rganish, ularning hayotini yaxshilashga kamarbasta bo`lishingiz kerak", - dedi Prezident.  

Shuningdek, har 10 gektardan yoshlarga ajratilayotgan 1 gektar er uchun yoshlardan soliq olmaslikni qat`iy tayinlab, Davlat Soliq qo`mitasi raisi Sherzod Kudbievga:  

"Er berilgan yoshlardan soliq olmaysan. Buni hamma soliqchilaringga ayt. Tag`in yoshlarni soliqqa tortib, shuncha harakatni yo`qqa chiqarishmasin. Yoshlar o`g`it va suv uchun ham xarajat qilmaydi", - dedi Prezident.

    Boshqa yangiliklar