1

Mirza-Ulug`bek Abdusalomov Konstitusiyaviy sud sudyasi etib tayinlandi

Siyosat 05.02.2021, 10:50
Mirza-Ulug`bek Abdusalomov Konstitusiyaviy sud sudyasi etib tayinlandi

Oliy Majlis Senatining o`n ikkinchi yalpi majlisida senatorlar O`zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyaviy  sudining  tarkibiga  o`zgartirishlar  kiritish  to`g`risidagi masalani ham ko`rib chiqdi.

O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 80-moddasi 2-bandiga va “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy qonuni 9-moddasi birinchi qismining 2-bandiga muvofiq, Mirzo-Ulug`bek Elchievich Abdusalomovni O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy  sudining sudyasi etib saylash to`g`risida Oliy Majlis Senatining qarori qabul qilindi.

Shuningdek, O`zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyaviy  sudining  sudyasi  Baxtiyor  Dexkonboevich  Miralimovning  vakolati  muddatidan  ilgari tugatildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1