1

Shavkat Mirziyoevning Rossiyaga tashrifi mart–aprel oylarida bo`lishi kutilmoqda

Siyosat 05.02.2021, 11:56
Shavkat Mirziyoevning Rossiyaga tashrifi mart–aprel oylarida bo`lishi kutilmoqda

Bu haqda 4 fevral kuni Olma Ota shahrida O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Oripov va Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin o`rtasidagi uchrashuvda ma`lum qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoevning Moskvaga tashrifi sanitariya-epidemiologik cheklovlar tufayli mart–aprel oylariga qoldirilgan.

Shuningdek, uchrashuvda ommaviy vaksinasiya jarayonidagi o`zaro hamkorlik qilinayotganligi ta`kidlandi.  

Rossiya bosh vaziri koronavirus pandemiyasiga qaramay 2020 yilning 11 oyi davomida mamlakatlar o`rtasidagi o`zaro tovar aylanmasi 17% foizga oshganligini, jami 5,3 mlrd dollarni tashkil qilganini qayd etdi. «Prezidentlarimiz o`z oldilariga ushbu ko`rsatkichni 10 mlrdgacha oshirishni maqsad qilishgan», — dedi Mixail Mishustin.  

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1