1

O`zbekiston va San-Marino o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatildi

Siyosat 05.02.2021, 20:32
O`zbekiston va San-Marino o`rtasida diplomatik aloqalar o`rnatildi

San-Marino O`zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o`rnatgan 136-davlat bo`ldi. Bu aloqalar mustahkamlangan protokolni ikki davlatning Italiyadagi elchilari imzoladilar.

O`zbekiston San-Marino dunyoning eng kichik davlatlaridan biri (hududi 61 kv. Km) bilan diplomatik aloqalar o`rnatdi.

3 fevral kuni Rimda diplomatik munosabatlar o`rnatish to`g`risidagi protokolni O`zbekistonning Italiyadagi elchisi Otabek Akbarov, San-Marinodan esa mamlakatning Italiyadagi elchisi Daniela Rotondaro imzoladi. Hujjat ikki mamlakatda ichki proseduralar tugagandan so`ng kuchga kiradi.

San-Marino janubiy Evropada joylashgan va har tomondan Italiya hududi bilan o`ralgan. San-Marino dunyodagi eng qadimgi konstitusiyalardan biriga ega bo`lgan Evropaning eng qadimgi davlati hisoblanadi (tarixi 301 yilga borib taqaladi). Bundan tashqari, San-Marino jon boshiga YaIM ko`rsatkichi bo`yicha dunyodagi eng boy mamlakatlardan biri (2020 yilda kishi boshiga 56690 dollar).

San-Marino elchisi mamlakat investisiyalarni o`zaro himoya qilish va rag`batlantirish, ikki tomonlama soliqqa tortilmaslik to`g`risidagi ikki tomonlama shartnomalarni ishlab chiqishga va imzolashga tayyorligini bildirgan. Uning ta`kidlashicha, Evropa Ittifoqi bilan yaqin aloqada bo`lgan San-Marino o`zbek kompaniyalari va eksportchilariga Evropa bozorlariga chiqish imkoniyatlarini taqdim etishi mumkin.

Turizm aloqalari mustahkamlanishi kutilmoqda. Yiliga 3 milliondan ziyod sayyohni qabul qiladigan San-Marino bu borada bilim va tajriba almashishga tayyor, deydi Daniela Rotondaro.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1